29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Prezident tomonidan 30.08.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

Qaror  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan  oʻtkazilgan “ochiq muloqoti” doirasida kelib tushgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

Ma’lumot uchun:  23.12.2021 yildagi OʻRQ-739-son Qonunga muvofiq, 20 avgust kuni Tadbirkorlar kuni etib belgilangan. Mazkur kunni nishonlash doirasida har yili davlat rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv oʻtkaziladi.

Mazkur hujjat bilan quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oluvchi “Yoʻl хaritasi” tasdiqlangan:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli ishlash;
  • tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish;
  • tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish;
  • mulk huquqini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish;
  • tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish;
  • tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targʻib qilish.

Shuningdek, Prezident huzurida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoat kengashi tashkil etilib, unga Prezident Administratsiyasi rahbari raislik qiladi. Mazkur  kengash tarkibiga vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek biznes vakillari kiritildi. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”da bildirilgan taklif va tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan samarali va oʻz vaqtida ijro qilinishi holati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
  • davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, ilmiy doiralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni ta’minlash;
  • tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, jumladan, ularni aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
  • tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish;
  • tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish.

“Yoʻl хaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har oyda davlat idoralari va tashkilotlar rahbarlari Vazirlar Mahkamasining Rayosatida hisobot berib borishadi. Shuningdek, har chorakda Prezident Administratsiyasida yigʻilishlar oʻtkaziladi.

 

 Sobir Nurberdiyev.

31.08.2022

14:24

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06