22.09.23

Xitoy Xalq Respublikasining Jiangsu provinsiyasi gubernatori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

22.09.23

Urganchda "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda

22.09.23

UzCharmExpo-Eurasia 2023

20.09.23

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

20.09.23

“Hududlar integratsiyasi va rivojlanishi” biznes-forumi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

Joriy yil 15 avgust kuni Oʼzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʼmagida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov va Malayziyaning “Аlfa Grup” kompaniyasi ijrochi direktori ishtirokida hamkorlik memorandumini imzolash boʼyicha onlayn marosim boʼlib oʼtdi.

Tadbirni Oʼzbekistonning Malayziyadagi elchisi R.Usmanov kirish soʼzi bilan ochib, Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasidagi hamkorlik istiqbollari va imzolanadigan memorandum ikki tomonlama hamkorlik uchun keng koʼlamdagi imkoniyatlarni yaratib berishini alohida taʼkidlab oʼtdi.

Uchrashuv davomida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi ijobiy tendentsiyalarni, xususan, investitsiya va savdo hamkorligining yuqori dinamikasini qayd etdi.

       

Shuningdek, Malayziyaning “Аlfa Grup” kompaniyasi ijrochi direktori Dalia Аlkatari ushbu memorandum Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasida savdo aloqalarini yanada yaxshilashga zamin yaratishini alohida taʼkidlab oʼtdi.

Tadbirda ikki tomon oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishildi.

 Jumladan:

- Oʼzbekistonning Malayziya davlatida Oʼzbekiston milliy mahsulotlarini targʼib qilish maqsadida “Show room”ochish ishlarini amalga oshirish;

- Malayziya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari oʼrtasida Oʼzbekiston ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni oʼrnatish.

Uchrashuv yakunida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning “Аlfa Grup” kompaniyasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlik yaqin kelajakda tomonlar oʼrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

16.08.2022

12:25

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06