6.10.22

Toʻqimachilik sohasi qanday qoʻllab-quvvatlanadi

4.10.22

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

4.10.22

Budapesht shahrida О‘zbek-Venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

3.10.22

Budapeshtda Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

30.09.22

O‘zbekiston-Tyuringiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasida sudyalar va xuquqni muxofaza qiluvchi organlar vakillari bilan tadbirkorlar uchrashuvi

Joriy yilning  25 iyul kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasida sudyalar va xuquqni muxofaza qiluvchi organlar vakillari bilan tadbirkorlar uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudi raisi K.Tarixov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Maʼmuriy sudi raisi А.Nurlepesov, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi raisi Z.Quvvatov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi  Prokuraturasi boʼlim boshligʼi Q.Bekturganov, sudьyalar, korxona va tashkilotlar, bank filiallari boshliqlari, tadbirkorlar va OАV vakillari qatnashishdi. Tadbirni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi boshligʼi v.v.b. А.Seytaxov boshqarib bordi.

    

Uchrashuvda sudlar tomonidan bugungi kunda tadbirkorlar ishtirokida koʼrilayotgan ishlar holati, uchrayotgan ijobiy, shuningdek salbiy tendentsiyalar, qonunchilikda sud sohasida tadbirkorlik subʼektlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, berilayotgan imtiyozlar toʼgʼrisida aytib oʼtildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan hamda tadbirkorlikni bundan buyon rivojlanishi uchun moʼʼtadil iqlimni yaratish va tabirkorlarni huquqiy qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida Hakamlik sudlari tashkil qilinganligi va hakamlik muhokamasi iqtisodiy nizolarni hal etishning samarali mexanizmi boʼlib, uning iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʼyicha sudlardan farqli jihatlari sifatida  hakamlik sudida ishlar tezkorlik bilan hal etilishi, taraflar oʼrtasidagi hamkorlik saqlab qolinishi imkoniyati, hakamlik muhokamasining maxfiyligi qonun bilan kafolatlanishi, sud xarajatlarining kamligi va h.k. toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga, ular faoliyatida uchrayotgan muammo va yechimini talab etayotgan masalalar boʼyicha savollariga javoblar berildi va muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib borilishiga kelishib olindi.

01.08.2022

17:25

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06