6.10.22

Toʻqimachilik sohasi qanday qoʻllab-quvvatlanadi

4.10.22

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

4.10.22

Budapesht shahrida О‘zbek-Venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

3.10.22

Budapeshtda Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

30.09.22

O‘zbekiston-Tyuringiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Networking – “Turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22 iyun' kuni O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi tomonidan, Savdo-sanoat palatasi,  Turizm va madaniy meros vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Transport boshqarmasi bilan hamkorlikda
turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari uchun “Turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv 3 qismdan iborat bo‘lib:

  1. Turizm transporti sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar, yangi loyiha hamda tashabbuslar bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati;
  2. Turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va tavsiyalari;
  3. Turizm transporti sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli hamkor tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandum loyihalarining imzolash marosimi tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatning turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilish, hamda sohani rivojlantirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalarni amalga oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda turizm transporti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar, islohotlar, shuningdek, transport va turizm sohasidagi imtiyoz va qulayliklar bilan tadbirkorlik sub'ektlarini tanishtirish edi.

Tadbir boshida Savdo-sanoat palatasi raisi so‘zga chikib, bugungi kunda transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'ektlari duch kelayotgan muammolarni o‘rganib yechim topish to‘g‘risida ma'ruza qildi.

Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan mamlakatimizga kelgan turistlarga va MICE tadbirlarga tashrif buyurgan mehmonlarga transport xizmatini ko‘rsatishda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish va sayohatlarni sifatli va maroqli tashkil etish yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratish kabi masalalar ham muhokama etildi.

Tadbir so‘ngida sohani rivojlantirishga mas'ul bo‘lgan davlat idoralari va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Bundan tashqari Turizm transporti sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli hamkor tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandum loyihalari imzolandi.

Ma'lumot uchun: Mazkur tadbirga Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxobov, Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Shaxriyorov, Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Odilov, Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i A.Juraev va O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi raisi Sh.Saibov,  hamda uyushma ta'sischilari va 80 ga yaqin turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari keng jalb etildi.

22.07.2022

11:50

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06