28.09.23

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi yuzasidan davra suhbati

28.09.23

Gamburg Senati kantsleri davlat ma’muriyati rahbari Korinna Nienstedt bilan uchrashuv

27.09.23

Gamburg shahrida “Germaniya-Yevroosiyo o‘rta biznesi” ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

27.09.23

Bokuda Turkiy tilli davlatlarning II Аgrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi

25.09.23

Bоku shahrida Turkiy Agroforum boʻlib oʻtadi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

2022 yilning 18-19 iyun kunlari Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Textile” MChJ  binosida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlik sub'ektlari mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida joriy yilning 10 iyun' kuni o‘tkazilgan iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlardan kelib chiqib,  mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan tashkillashtirildi.

 

Ma'lumki, davlat rahbari yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinika va shifoxonalarda, 1 mingta mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatilishi lozimligi vazifasi belgilab berildi.

Mazkur tadbirda tuman (shahar) hokimlari, ularning yordamchilari, shuningdek, Shahrisabz shahriga yaqin hududlar, xususan Kitob, Chiroqchi, Shahrisabz hamda Qamashi tumanlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.

 

Ko‘rgazmani viloyat hokimi M.Azimov hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining rais o‘rinbosari F.Toshpo‘latov ochib berishdi va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirishning, bu orqali muqobil energiya uskunasini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etish ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. 

Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish hamda keng tadbiq etish bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi 25 ta tadbirkorlik sub'ektlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Ushbu ko‘rgazmalarni tashkil etish ishlari davom ettiriladi va navbatdagi tadbir Surxondaryo viloyatida tashkil qilinishi belgilangan.

21.06.2022

09:21

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06