16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning "Biznesni uyg’unlashgan holda qo'llab-quvvatlash" tashabbusi doirasida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalar topshirildi

COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTD tomonidan kichik biznes sub'ektlariga raqobatbardosh bo'lishga yordam berish, samaradorlikni oshirish va ularning o'sishiga ko'maklashish orqali biznes ko'nikmalarini o'rgatish, maslahat yordami va texnik qurilmalari ko'rinishida texnik yordam ko'rsatishni ichiga qamrab olgan "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi ishga tushirildi.

Ushbu dastur doirasida tanlov natijasida saralab olingan tadbirkorlar uchun yakka tartibdagi biznes muammolarini hal qilish maqsadida strategik rejalashtirish, marketing, operatsion va moliyaviy menejment yo’nalishlari bo’yicha to'rt haftalik o'quv mashg’ulotlari va konsalting xizmatlari, shuningdek, O'zbekistonlik tajribali mutaxassislar tomonidan shaxsiy murabbiylik tashkil etildi.

Joriy yilning 13 iyun kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalarning birinchi qismini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi bo’limi boshlig’i B. Xolboyev, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig’i U.Jo’rayev, BMTTD “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’makashish” loyihasi component menejeri U.Rakhimdjanov, hamkor tashkilotlar vakillari hamda qurilma oluvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Qurilma oluvchilardan biri Mamayunus Allayorov quyidagilarni ta'kidladi:

“BMTTD va Palataning “Biznesni uyg’unlashgan holda qo‘llab-quvvatlash” dasturi haqida eshitib, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Qarshi o‘quv-ishlab chiqarish kombinati nomidan ishtirok etish uchun ariza berdik. Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib, buning natijasida treninglarda qatnashishdik va matraslar tikish uchun bepul jihozlarga ega bo’ldik. Yangi jihozlar olgach, qo‘shimcha 10 kishini ish bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘ldik. Dastur tashkilotchilariga yordam uchun rahmat”.

Tadbirkorlarga beg’araz yordam sifatida umumiy qiymati 459 mln so’mga teng 16 dona qurilmalar topshirildi. Ushbu tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida Qashqadaryo viloyatida jami 33 ta yangi ish o'rinlari yaratildi (ulardan 15 tasi ayollar) va 87 nafar yoshlarga (ulardan 65 tasi ayollar) zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun:

"Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish" qo'shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbusni amalga oshirish uchun qo'shimcha grant mablag'lari Yaponiya hukumati tomonidan ajratildi.

Ushbu tashabbus doirasida qishloq xo'jaligi, novvoyxona, tikuvchilik, qurilish, chiqindilarni qayta ishlash, axborot texnologiyalari va shu kabi sohalarda mamlakatimizning 5 ta viloyatlaridan saralab olingan 43 nafar tadbirkorlariga (Samarqand - 12, Jizzax - 7, Namangan -9, Farg’ona - 9, Qashqadaryo - 6) umumiy qiymati 4 092 919 455 so’mlik jami 478 qurilmalar ko'rinishidagi grant mablag'lari topshirildi.

Ushbu tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida respublika doirasida 398ta yangi ish o'rinlari yaratildi (ulardan 267 tasi ayollar) va 715 yoshlarga (ulardan 526tasi ayollar) zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

14.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06