16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a'zosi “Mix Master Ikrom” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.

“Mix Master Ikrom” MChJning murojaatiga ko‘ra, Toshkent viloyati Idoralararo komissiyasining faoliyatsiz obyekt mulkdoriga nisbatan ta'sirchan soliq chorasini qo‘llash bo‘yicha xulosasini vakolatga ega bo‘lmagan ishchi guruh rahbari bo‘lmish Qibray tumani hokimi tomonidan qonunga xilof ravishda chiqarilganligi natijasida tuman DSIning asoslantirilmagan tegishli qarorlari bilan “Mix Master Ikrom” MChJga nisbatan 107,5 mln. so‘m miqdorida soliq qarzdorligi hisoblangan.

Palata tomonidan mazkur masala o‘rganib chiqilganda, Idoralararo komissiyasining faoliyatsiz ob'ekt mulkdoriga nisbatan ta'sirchan soliq chorasini qo‘llash bo‘yicha xulosasi Qibray tumani hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentyabrdagi
PQ-3928-sonli Qaroriga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlandi.

Shu sababdan, Palata tomonidan o‘z a'zosi manfaatida Qibray tumani hokimining xulosasini haqiqiy emas deb topish hamda Qibray tumani DSIning manfaatdor shaxsga nisbatan soliq qorzdorligini hisoblash to‘g‘risidagi qarorlarini qabul qilishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish haqida sudga ariza kiritildi.

Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudi tomonidan Palataning da'vo talablari qanoatlantirilib, javobgar Qibray tumani hokimining 12.07.2019 yildagi 1/JM-4-1105-sonli xulosasi xaqiqiy emas deb, uni chiqarishdagi ifodalangan hatti-harakati esa qonunga xilof deb topildi.

Shu bilan birga, javobgar Qibray tuman DSIning 23.11.2020 yildagi 2346036-sonli, 28.12.2020 yildagi 2435808-sonli, 06.01.2021 yildagi 2480537-sonli, 18.01.2021 yildagi 2525422-sonli, 26.03.2021 yildagi 2778276-sonli, 16.04.2021 yildagi 2811307-sonli, 14.05.2021 yildagi 2826446-sonli, 11.06.2021 yildagi 2938568-sonli, 12.07.2021 yildagi 2965602-sonli va 17.08.2021 yildagi 3009358-sonli qarorlarini qabul qilishdagi ifodalangan hatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, shu orqali Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.

07.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06