16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Koreya Respublikasiga mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha vebinar tashkil etildi

2022-yil 3-iyun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Koreyada faoliyat yuritayotgan hamda ushbu xorijiy davlatda savdo uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan mutaxassis Sh.Karimova bilan hamkorlikda  “Respublikamizdan mahsulotlarni Koreya Respublikasiga eksport qilish” mavzusida vebinar tashkil etildi.

Vebinarda oziq-ovqat, meva-sabzavot, poliz ekinlari, sanoat mahsulotlari, tayyor kiyim kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 60 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar shuningdek, 30 nafar ishbilarmon ayollar ishtirok etdilar.

Onlayn tadbirni Palata mas'ul xodimi G‘.Usmonov kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu xorijiy bozorning respublikamiz eksporti uchun ahamiyati, eksportbop mahsulotlar diversifikasiyasini kengaytirish to‘g‘risida qayd etib o‘tdi.   

Tadbirda Sh.Karimova taqdimoti bilan ishtirok etib, quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdi:

  • Koreya bozori va undagi imkoniyatlar;
  • respublikamizdan Koreya bozorida talab yuqori bo‘lgan eksportbop mahsulotlar;
  • mahsulotni eksport qilish shartlari;
  • mahsulotlarni eksportga tayyorlash;
  • saralash, qadoqlash, bog‘liq tashkiliy masalalar;
  • sertifikasiya va standardizasiya;
  • bojxona masalalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga Sh.Karimova vebinar qatnashchilarining Koreya Respublikasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, bolalar kiyimlari, sanoat mahsulotlari, gigienik vositalar va boshqa mahsulotlar uchun tartib-qoidalar, mahsulotning eksportga tayyorligini baholash mezonlari, bozorda xaridor topish bilan bog‘liq savollariga atroflicha javob qaytardi.

Tadbir so‘ngida mahsulotlarni O‘zbekistondan Koreyaga eksport qilishda har bir tarmoq yo‘nalishlari kesimida shu kabi vebinarlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.

03.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06