16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-139-sonli Farmoni hamda “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-251-sonli Qarori tasdiqlandi.
Joriy yilning 1 iyun' sanasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan Poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida joylashgan “Flowers garden” ko‘rgazma maydonida dorivor o‘simliklarning madaniy plantasiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash, dorivor o‘simliklarni qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash maqsadida “Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda sohaga aloqador vazirlik va idoralar xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutasaddi rahbarlari hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-ishlab chiqarish institut olimlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Seminar davomida dorivorchilik sohasini rivojlantirish, ilm-fan va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganish borasida ilm-fan yutuqlari, fuqarolar salomatligini ta'minlashda xalq tabobatining rolini oshirish borasidagi vazifalar mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

01.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06