16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 363 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlash va navdorlikni baholash sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma'muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (ID-61434) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 3-bandiga ko‘ra, “Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi”, davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladi”, - deb belgilangan.

Bunda, mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi”(keyingi o‘rinlarda Korxona)ga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinishi nazarda tutilgan.

Biroq, loyihani ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni 2-ilovasi 49-52-bandlariga ko‘ra, loyihada keltirilgan xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatilishi belgilangan.

Shunga bois, loyiha va uning ilovalarida mazkur davlat xizmatlarining Davlat xizmatlari markazlari (Markaz) va YaIDXP orqali ko‘rsatilishini nazarda tutish lozim.

2. Loyiha 1 va 4-ilovalarida keltirilgan mahsulotlarning majburiy yoki ixtiyoriy tartibda sertifikatlanishi masalasi aniqlashtirilmagan.

Biroq, loyiha 1-ilovasi 4-bandi 2-xatboshida va 4-ilovasi 3-bandi 2-xatboshida “Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida me'yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi”, - degan norma keltirilgan.

Demak, bundan ko‘rinadiki, mazkur loyiha mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.

Ammo, loyihada mazkur masalaning ochiq qoldirilganligi amaliyotda noaniqliklar, tushunmovchiliklar va chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois, loyiha 1- va 4-ilovalarida mazkur masalalarni ochib berish, ya'ni yuqoridagi normalarning nima sababdan kiritilganligi hamda ushbu ilovalarda keltirilgan mahsulotlarning majburiy yoki ixtiyoriy sertifikatlanishi masalasini aniqlashtirish lozim.

3. Loyiha 1-ilovasi 5-bandi hamda 4-ilovasi 4-bandida “Sertifikatlashtirishda mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xususiyatlar (ko‘rsatkichlar) ro‘yxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me'yoriy hujjatlar (keyingi o‘rinlarda - MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi”, - deb belgilangan.

Biroq, ushbu me'yoriy hujjatlarning aynan qanday hujjatlar ekanligi, kim tomonidan tasdiqlanishi, uning huquqiy maqomi kabi masalalar keltirilmagan.

Bu esa, amaliyotda turlicha talqin qilinishi oqibatida noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me'yoriy hujjatlar deganda aynan qanday hujjatlar nazarda tutilganligini aniqlashtirish zarur.

4. Loyiha ilovalarida Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun arizachidan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori hamda Korxona (SO va ASL) tomonidan tasdiqlangan kal'kulyasiya asosida mahsulot turiga qarab yig‘imlar undirilishi belgilangan.

Biroq, ushbu sohada monopol mavqe'ga ega bo‘lgan Korxona tomonidan o‘zi ko‘rsatadigan xizmatlar uchun undiriladigan narxlarning belgilanishi maqsadga muvofiq emas.

Chunki, bunda faqat Korxonaning manfaatlaridan kelib chiqib narxlar belgilanishi, natijada esa, tadbirkorlik sub'ektlari uchun moliyaviy qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin.

Shu sababli, ko‘rsatiladigan xizmatlar va ular uchun undiriladigan narxlarni mazkur loyihaning o‘zida belgilash maqsadga muvofiq.

5. Loyiha 1- va 4-ilovalariga ko‘ra, arizachi tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar sifatida quyidagilar ham belgilangan:

yetishtirilgan mahsulotga ekish oldidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;

mahalliy yetishtirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining dala vegetasiya davrida aprobasiya ko‘rigi o‘tkazilganligi haqida dalolatnomaning asli yoki asliga to‘g‘riligini tasdiqlovchi nusxasi;

mahalliy tayyorlangan mahsulotlarni kasalliklar va hasharotlarga qarshi kimyoviy dorilanganligi haqida xulosa;

original urug‘lar (1-2-yil va urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorlari)ga mansub mahsulotning arizachi tomonidan yetishtirilganda, nav originatori tomonidan urug‘likni ko‘paytirish uchun ruxsatnomasi (ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomasi va ekish oldidan urug‘lik xarid qilinganligi haqida faktura nusxasi);

import qilingan mahsulotlarga tegishli xorijiy fitosanitar sertifikati, muvofiqlik sertifikati, yo‘l-yuk xati (nakladnoy), hisob-faktura (invoys) hamda mahalliy karantin ruxsatnomasi (IKR) yoki yukni ochib ko‘rish dalolatnomasi (AKD)larning nusxalari;

hujjatlar xorijiy tilda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, vakolatli tarjimon tomonidan o‘zbek yoki rus tilidagi tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi;

davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari nusxalari.

Ko‘rinib turibdiki, bunda arizachidan amalda mavjud bo‘lmagan, ortiqcha hujjatlarni ham talab qilish nazarda tutilgan.

Misol uchun, muvofiqlik sertifikati hali arizachida mavjud bo‘lmay, ushbu sertifikatni olish uchun arizachi murojjat qilmoqda.

Yoki, import qilingan mahsulotlarga tegishli xorijiy fitosanitar sertifikati, muvofiqlik sertifikati, mahalliy karantin ruxsatnomasi kabi ortiqcha hujjatlar talab qilinmoqda.

Shuningdek, hujjatlar xorijiy tilda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ular vakolatli tarjimon tomonidan tarjima qilinishi ham ortiqcha talab hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari nusxalarini majburiy talab qilish ham to‘g‘ri emas, vaholangki bunday xulosalar mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etilishi mumkin.

Loyiha ijrochisi tomonidan bildirilishicha, ushbu davlat xizmatlari, ya'ni loyiha 1- va 4-ilovalarida keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish amaliyotda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktoriing 2005 yil 25 fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalariga asosan amalga oshirilmoqda.

Ushbu Qoidalarning 14-bandiga ko‘ra:

Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga MH nusxasi;

mahsulot yorlig‘ining namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va MH da belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).

Qoidalarning 12-bandiga ko‘ra esa:

Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga me'yoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);

mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida ma'lumot;

mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);

olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).

Ko‘rinib turganidek, loyihada amaldagi tartibni murakkablashtirish va og‘irlashtirish, arizachidan ortiqcha va topshirish imkonsiz bo‘lgan hujjatlarni talab qilish nazarda tutilmoqda.

Bu esa, biznes uchun ma'muriy yukning ortishi va asossiz byurokratik to‘siqlarning yuzaga kelishiga olib kelib, korrupsiya holatlariga sharoit yaratib beradi.

Shu bois, loyiha ilovalarida talab etiladigan hujjatlar sonini minimal darajada qisqartirish va yuqorida keltirilgan ortiqcha hujjatlarni chiqarib tashlash lozim.

6. Loyiha 1-ilovasi 16-bandi hamda 4-ilovasi 18-bandiga ko‘ra:

Arizachiga quyidagi hollarda ham asoslangan rad javobi beriladi:

- SOning akkreditasiya doirasida mavjud bo‘lmagan mahsulotni sertifikatlash bo‘ycha ariza berilganda;

- SOning akkreditasiya guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtalilgan, bekor qilingan yoki boshqa sabablar ko‘ra ish faoliyati to‘xtalilganda;

- mahsulotlar MHlarda belgilangan talablarga mos kelmagan xolatlarda, qadoqlash birliklarining har biriga yorliqlar qo‘yilmaganda va qadoqlash ishlari noto‘g‘ri amalga oshirilganda;

- mahsulotlardan namunalar tanlab olish tartibiga rioya qilinmasdan arizachi tomonidan taqdim etilganida.

Avvalo, bunday rad etish qaysi bosqichda bo‘lishi aniq belgilanmagan. Ya'ni, arizani qabul qilish jarayonida yoki arizalar kelib tushgach, to‘lov amalga oshirilgandan keyin rad javobi berilishi belgilanmagan.

Vaholangki, yuqoridagi birinchi asosda ariza qabul qilinmasdan, ya'ni to‘lov amalga oshirilmasdan avval rad etilishi kerak. Chunki, holat oldindan aniq bo‘lib, uni aniqlashtirish uchun ariza qabul qilinib, o‘rganib chiqilishi va bu uchun to‘lov amalga oshirilishi shart emas.

Keyingi asosda keltirilgan SOning akkreditasiyasi bilan bog‘liq muammolar arizani rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.

Yuqorida keltirilgan oxirgi ikki asos esa, namunalarni sertifikatlashtirish organi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda olinishini inobatga olmagan holda belgilangan.

Qolaversa, loyiha ilovalarida arizachiga rad javobi qaysi organ tomonidan berilishi, sertifikatni berish yoki berishni rad etish bo‘yicha qaror kim tomonidan qabul qilinishi va u bilan bog‘liq proseduralar ochib berilmagan.

Bu esa, huquqni qo‘llash amaliyotida bo‘shliqlarni keltirib chiqaradi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, loyiha ilovalarida arizachiga rad javobini berish asoslari va tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda rad etish asoslarini aniq belgilash, sertifikatni berish yoki berishni rad etish bo‘yicha qaror kim tomonidan qabul qilinishi va u bilan bog‘liq proseduralarni keltirib o‘tish lozim.

7. Loyiha 1-ilovasi 27-bandiga ko‘ra, “Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASLda o‘tkaziladi. Bunda, mahsulotning muayyan turini sertifikatlash maqsadida sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati mahsulot turiga hamda MH bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda muddat belgilanadi”.

Biroq, sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berish muddatining ushbu shaklda belgilanishi amaliyotda muddatlarning asossiz cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois, loyiha ilovalarida sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berishning eng uzoq muddatini aniq va optimal belgilash zarur.

8. Loyiha 4-ilovasi 41-42-bandlarida inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan bo‘lib, unda quyidagilar belgilangan:

“Sertifikatlashtirish davrida tuzilgan bitim asosida yiliga kamida bir marotaba berilgan sertifikat yuzasidan inspeksiya nazoratini amalga oshiriladi.

Biroq, bu mazmun-mohiyatiga ko‘ra, rejali tekshirishlarni nazarda tutadi.

Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni 4-bandiga ko‘ra, rejali tekshirishlar bekor qilingan.

Shuningdek, ushbu Farmon 5-bandiga asosan, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

Ya'ni, yuqorida keltirilgan inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi mazkur Farmon talablariga zid kelmoqda.

Ushbularni inobatga olgan holda, loyiha 4-ilovasi 41-42-bandlarini chiqarib tashlash lozim.

 

 

01.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06