16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston-Tojikiston: savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash

Joriy yilning 30-may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida V2V formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 400 dan ortiq va Tojikiston Respublikasining 150 ga yaqin vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek O‘zbekiston tomonidan qator sanoat birlashmalari vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov, Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muhtor elchisi Raxmonzoda Abdujabbor Aziz va Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari M.Rustamova ishtirok etdilar.

Qayd etish kerakki, Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida yetakchi korxonalar tadbirkorlari bo‘lib, asosiy e'tibor o‘zbek korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, zamon talabidagi sanoat mahsulotlarini ikki davlat bozorlariga yetkazib berishni kengaytirish va bu kabi ishlarni rivojdantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish tarafdori ekanligini, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida o‘zaro manfaatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bilan sarmoyaviy hamkorlikni tubdan rivojlantirishga tayanishi ta'kidlandi.

Tadbirda davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ro'lini oshirishga katta e'tibor qaratilayotgani, shu munosabat bilan investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy mulk va chet el kapitalini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, ularning jadal va muvozanatli rivojlanishini ta'minlash uchun mamlakatning har bir mintaqasining tuman va shaharlari sharoitida foydalanilmagan yangi iqtisodiy zaxiralarni aniqlash, kolaversa soliq yukini kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar faol ishlab chiqilayotgani va amalga oshirilayotgani bir necha bor ta'kidlandi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlari sanab o‘tildi. Ular orasida sanoat sektori, farmasevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari mavjud.

Qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan islohotlar va kichik biznes uchun yaratilgan investision muhit va imkoniyatlar O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatni ta'minlamoqda.

Tadbir davomida tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini hamkorlarga namoyish etdi, shuningdek, ularning eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishi ham tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov o‘z nutqida O‘zbekiston va Tojikiston nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlarning farovonligi va barqaror rivojlanishini ta'minlashda o‘zaro bir-biriga mos manfaatlarga ega ekanligini ta'kidladi.

Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda ishbilarmonlik aloqalari, o‘zaro savdo va sarmoyaviy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash uchun sharoit yaratilgani ta'kidlandi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investisiya sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ham batafsil ma'lumot berildi.

Tegishli sanoat birlashmalari rahbarlari taqdimotlar shaklida har bir sohaning investisiya, sanoat va savdo salohiyatini batafsil ochib berishdi, shuningdek xorijiy investisiyalarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning mavjud mexanizmlari haqida gapirib berishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga manfaatdor investorlar va tadbirkorlar bilan kelgusida istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining beshinchi yig‘ilishi, tomonlar savdo-sanoat palatalari negizida joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining ishtirokini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bayonnomasi, qolaversa ikki mamlakatning ishbilarmonlari o‘rtasida bir qator hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

31.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06