30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 341 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan ishlab chiqilgan “Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya-gigienik talablar” (ID-61217) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Avvalo, taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya-gigiena talablarini tasdiqlash belgilangan.

Biroq, ushbu talablarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi taqdim etilmagan.

Bu esa, yuridik nuqtai nazardan noto‘g‘ridir.

Zero, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi 1-qismiga ko‘ra, “Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar (“yo‘l xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin”.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya-gigiena talablarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi zarur.

2. Loyihaning 1-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra, “Mazkur sanitariya qoidalari maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar, sanatoriyalar va boshqa ijtimoiy ob'ektlarga tegishli oshxonalarga tadbiq etilmaydi”, - deb belgilangan.

Biroq, loyihaning 8-bandida esa, oliy o‘quv yurtlari oshxonalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari oshxonalari, turistik bazalar va dam olish bazalari oshxonalariga nisbatan talablar keltirilgan.

Ko‘rinadiki, bunda loyiha normalari bir-biriga zid kelmoqda. Ya'ni,
8-bandda keltirilgan ushbu ob'ektlar ham ijtimoiy ob'ektlar bo‘lib, yuqoridagilar bilan teng maqomda hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, loyihadagi normalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish lozim.

3. Loyihaning 5-bandiga ko‘ra, “Mazkur sanitariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologik nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.

Bunda, davlat sanitariya-epidemiologik nazorati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi ko‘rsatilmoqda.

Biroq, tadbirkorlik sub'ektlarida davlat nazoratini amalga oshirishni tartibga soluvchi bir qator normatiq-huquqiy hujjatlar mavjud. Ya'ni, davlat nazorati ushbu qonunchilik hujjatlarining barchasiga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.

Shu bois, sanitariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologik nazoratini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishini belgilash zarur.

4. Loyihaga tushuntirish xatida keltirilishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-aprel' kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 31-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish, shuningdek yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish belgilangan.

Biroq, loyihada mazkur masalalar inobatga olinmagan.

Shuningdek, loyihaga tushuntirish xatida “Amaldagi “Sanitarno-gigienicheskie trebovaniya dlya ob'ektov obshestvennogo pitaniya” 0310-14-sonli SanQvaN va taklif etilayotgan “Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya-gigienik talablar” SanQvaN loyihasi bilan taqqoslama jadval ilova qilinadi”, - deb keltirilgan bo‘lsada, biroq bunday taqqoslama jadval ham taqdim etilmagan.

Ushbu holatda amaldagi qanday ortiqcha sanitariya-gigienik talablarning bekor qilinayotganligi aniq emas.

Bundan tashqari, taklif etilayotgan loyihada bugungi zamon talablariga mos kelmaydigan, eskirgan, tadbirkorlik sub'ektlari uchun qo‘shimcha to‘siqlar yaratadigan talablarni bartaraf etish o‘rniga umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari belgilanmoqda.

Masalan, loyihaning 8, 41, 42, 55, 150, 151, 152-bandlarida amaldagi SanQvaNda mavjud bo‘lmagan yangi talablar keltirilgan.

Qolaversa, loyihaning 26, 95, 111-112, 133-134, 136-bandlarida noaniq, tushunarsiz hamda ortiqcha bo‘lgan talablar nazarda tutilgan.

Ko‘rinadiki, mazkur loyihada yuqorida keltirilgan topshiriq ijrosi aniq va yetarlicha ta'minlanmagan.

5. Ushbulardan kelib chiqib hamda yuqorida keltirilgan topshiriq ijrosini sifatli ta'minlash maqsadida, loyihani qayta ko‘rib chiqish, bunda eskirgan sanitariya talablarini bekor qilish, shuningdek yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirishni nazarda tutish lozim.

25.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06