30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HUDUDIY KENGASH YIG‘ILISHIDA HOKIM O‘RINBOSARLARI FAOLIYATIDAGI KORRUPSIYA HOLATLARI TAHLIL QILINDI

Aksilkorrupsiya siyosatiga oid islohotlarning joylarda samarali tatbiq etish borasidagi ishlar ahvolini tahlil qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasi hodimi B.Ibodullaev ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala - hududdagi hokim o‘rinbosarlari faoliyati hududiy kengash a'zolari tomonidan batafsil o‘rganilgani qayd etildi. Ta'kidlanganidek, hokim o‘rinbosarlari tomonidan 2021-yilda Respublika bo‘yicha jami 36 ta korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 9 tasi yoki har to‘rttadan bittasi Koraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur jinoyatlarning 4 tasi yer ajratish, 4 tasi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va davlat mulkini talon-toroj qilish hamda 1 tasi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 3 mlrd. 793 mln. so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Yig‘ilishda shu kabi korrupsion holatlar, ularning sabab va oqibatlari, oldini olish va bartaraf etish choralari ishtirokchilar e'tibor markazida bo‘ldi. 

Mavzu yuzasidan Respublika prokurori va Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. 

Ular tomonidan tizimda hamon saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, tizimning ochiqligini ta'minlash va bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik vakillarini jalb qilish masalalari yuzasidan rejalari ma'lum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda Hududiy kengash tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yetarli choralarni ko‘rmagan bir qator tuman, shahar hokimlaridan tushuntirishlar olindi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi qat'iy nazoratga olinishi lozimligi bildirildi.

25.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06