30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida.

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 319 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (ID-60656) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda  QQS guvohnomasini bekor qilish va uning amal qilishini to‘xtatib turish asoslari keltirilgan.

Joriy yilning yanvar' oyida Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi vakillari va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinib, soliq ma'muriyatchiligida joriy etilgan yangi tartib-taomillar bo‘yicha tadbirkorlar fikri tinglandi.

Tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflar asosida 2022-yil 27-yanvarda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xati e'lon qilindi.

Unga ko‘ra:

“2. QQS to‘lovchilarining tahlika-tahlil avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha.

a) avval taqdim etilgan uch oylik davrga (2021 yilning oktyabr' oyidan dekabr' oyiga qadar) qo‘shimcha ravishda soliq to‘lovchilarning quyidagi soliq xavfi mezonlarini (holatlarini) qo‘llanilishi 2023 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turiladi:

 – rahbar shaxsining yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning YaMMT da tasdiqlanmaganligi (omil #1);

 – o‘z ko‘chmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki yo‘qligi (omil #4);

 – soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelishi (18 kvadrat metrdan kam) (omil #6);

 – oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjudligi (omil #14);

 – yollanma ishchilari yo‘qligi yoki 4 nafardan kamligi (omil #15)”.

Qayd etish joizki, Palata o‘tgan yig‘ilishda ham tadbirkorlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan o‘z e'tirozlarini bildirgan edi.

Xususan, IT sohasi vakillari, frilanserlar va boshqa ayrim soha vakillari uchun o‘z faoliyatini amalga oshirishda na ko‘chmas mulk, na boshqa xodim lozim.

Ya'ni, bu kabi sohalarda tadbirkorlik sub'ekti o‘z uyida faoliyat ko‘rsatishi va unga boshqa xodimlarning kerak bo‘lmasligi mumkin. Bunda unga komp'yuter va internet kerak bo‘ladi, xolos.

Shu bilan birga, bu kabi tadbirkorlik sohalari rentabelligi ancha yuqori bo‘lib, ular QQS to‘lovchisi bo‘lishi mumkin.

Aynan Palata o‘tgan yig‘ilishda ham tadbirkorlar takliflari asosida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mas'ullari bu masalani qayta ko‘rib chiqishga va'da berishgan edi.

Biroq, mazkur masalalar loyihada o‘z aksini topmagan.

Shu bois, loyihada ayrim sohalardagi (IT sohasi, frilansing, masofaviy o‘qitish va b.) QQS to‘lovchilariga “o‘z ko‘chmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki mavjud bo‘lishi (18 kvadrat metrdan kam) (omil #4 va #6)” hamda “yollanma ishchilari yo‘qligi yoki 4 nafardan kamligi (omil #15)” soliq xavfi mezonlarini (holatlarini) qo‘llanilishi amaliyotini bekor qilish lozim.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-aprelda bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Prezident 2022-yil 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma'murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e'lon qildi.

Xususan, aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi dastlabki o‘rganishsiz, avtomatik tarzda berilishi ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etilishi bildirib o‘tildi.

Biroq, mazkur masalalar loyihada o‘z aksini topmagan.

Shu sababli, loyihada aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi dastlabki o‘rganishsiz, avtomatik tarzda berilishini hamda yuqori xavf darajasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan oldin xabardor etilishini belgilab qo‘yish lozim.

16.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06