30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a'zosi “FINE SAND” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.

“FINE SAND” MChJning murojati o‘rganib chiqilganda, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining qarori bilan jamiyat tomonidan yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan ta'sischi rahbarlik amalga oshirilganlik holati aniqlanganligi sababli tadbirkorning QQS to‘lovchisi to‘g‘risidagi guvohnomasi to‘xtatib qo‘yilganligi aniqlandi.

Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining qaroridan norozi bo‘lib, “FINE SAND” MChJ soliq boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, javobgarlikka tortilgan ta'sischi jamiyatda rahbarlik qilmasligi sababli, QQS guvohnomasini tiklab berishni so‘ragan. Biroq, ijobiy natija bo‘lmaganligi sababli, sudga ariza kiritish bo‘yicha Palataga murojaat qilgan.

Mazkur masala yuzasidan Palata tomonidan “FINE SAND” MChJ manfaatida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning harakatsizligini qonunga xilof deb topish va majburiyat yuklash to‘g‘risida sudga ariza kiritilgan.

Toshkent tumanlararo ma'muriy sudining hal qiluv qarori bilan Palata tomonidan kiritilgan ariza talablari qanoatlantirilib, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining QQS guvohnomasi tiklab bermaslikdagi harakatsizligi qonunga xilof deb topilgan va soliq boshqarmasi zimmasiga guvohnomani amal qilish muddatini tiklab berish majburiyati yuklatilib, shu orqali Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.

12.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06