30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasidagi o‘zgarishlar (trasformasiyalar) tafsilotlari e'lon qilindi.

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga yanada yaqinroq bo‘lishni, ularning haqiqiy ko‘makchisiga aylanishni maqsad qilgan. Shu munosabat bilan 2022-yil 6-may kuni International mehmonxonasida Palata tomonidan ilk bor yangi formatdagi uchrashuv - yurtimiz tadbirkorlari bilan biznes nonushta tashkil etildi. Tadbirda palataning yangi missiyasi –  ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va palata a'zolarining raqobatbardoshligini oshirish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish belgilab olindi.

Tadbirda mutasaddi tashkilotlar bilan bir qatorda yurtimizning barcha hududlaridan tadbirkorlar taklif etildi. Ushbu tadbir to‘rt muhim vazifani bajarish maqsadida tashkil etildi.

Birinchidan,  Savdo-sanoat palatasi yangi raisining dasturi e'lon qilindi va Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada jonlantirish, faollashtirish dasturi taqdim etildi.

Ikkinchidan, Prezidentimizning ishlab chiqaruvchilar uchun eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga oid yangi PF-115-son farmonining mazmun-mohiyati ochib berildi.

Uchinchidan, qator tarmoqlar bilan tizimli muloqotda bo‘lish va ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun SSP Prezidiumi huzurida ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar tashkil etish g‘oyasi muhokama qilindi.

To‘rtinchidan, qonun bilan belgilangan 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan har yili o‘tkaziladigan muloqotlar oldidan takliflar yig‘ildi.

Biznes nonushta ko‘rinishidagi yangi o‘zgarishlarni muhokama qilishning o‘ziga xos formati  ishtirokchilar bilan ochiq va konstruktiv muloqot o‘rnatish imkonini berishi bilan ajralib turdi.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ta'kidlaganidek, tashkilot  ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va palata a'zolarining mamlakatimiz va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy yuksalishiga ko‘maklashishni o‘zining yangi vazifasi etib belgilab oldi.

Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Palatani o‘zgartirish bir nechta muhim qadamdan iborat:

– Dastlab, SSP Prezidentimiz siyosatini tadbirkorlarga yetkazish va Prezidentimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosi bo‘yicha vaziyatni baholashga qaratilgan.

– Endilikda SSPning barcha xizmatlari O‘zbekiston biznesining mamlakat ichida va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

– SSP huzurida xalqaro tajribalar asosida hukumat va tadbirkorlar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishga qodir tarmoq qo‘mitalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

– Boshqa davlatlarning SSP bilan hamkorligidan maksimal foydalanish, bu bosqichda eksport qiluvchilar va SSP a'zolari, bozorlar haqidagi yagona elektron ma'lumotlar bazasini to‘plash rejalashtirilgan.

Tadbirkorlar kuniga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizning turli hududlarida tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va masalalar haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish maqsadida ishtirokchilar o‘rtasida anonim so‘rovnoma tashkil etildi. Mazkur so‘rovnoma natijalari e'tiborga olinadi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublika tadbirkorlarining xorijiy hamkorlar bilan biznes aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish,

mahalliy tovar va xizmatlarni tashqi bozorlarga faol olib chiqish, tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlash maqsadida mavjud ishlab chiqarish korxonalarini texnik qayta jihozlash va modernizasiya qilish uchun xorijiy investisiyalarni keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

06.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06