30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Mas'ul xodimlar tomonidan murojaatlar mahallabay ishlash jarayonida o‘z joyida o‘rganilmoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumani “Ibrohim ota” mahalla hududida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilgan.

Murojaat egasi mutasaddi tashkilot rahbarlarining og‘zaki ruxsatiga ko‘ra chakana savdo faoliyatini kengaytirish maqsadida o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha savdo rastasi barpo etgan va buning natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etib nogironligi bor bo‘lgan aholini ish bilan ta'minlagan.

Biroq, qo‘shimcha savdo rastasi tegishli xujjatlar asosida qurilmaganligi sababli murojaat egasi o‘ziga xos muammoga duch kelgan va undan faoliyat olib borayotgan qo‘shimcha binoni bartaraf etish talab etilgan.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili Kamolxon Abduraximov va Palataning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi vakili Shuxrat Abdullaev joriy yilning 5-may kuni savdo rastasi joylashgan hududga borib muammoni o‘rgandi. O‘rganish natijasida erishilgan yakuniy xulosa asosida murojaat egasiga amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, “Ibrohim ota” mahalla raisi bilan yuqoridagi muammo yuzasidan muzokara olib borildi va savdo faoliyati susaymasligi uchun ijara asosida tadbirkorlikni davom ettirish choralari belgilab olindi.

05.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06