30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida.

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 282 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma'muriy reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarori (ID-60453) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha ilovasi 4-bandiga ko‘ra, xorijiy davlat fuqarolari tomonidan loyiha ilovasida nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni sotib olishda o‘zaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirilishi hamda uni tasdiqlovchi hujjatni notariusga taqdim etilishi bilan bog‘liq tartib joriy etilmoqda.

Qayd etish lozimki, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 -apreldagi PF–101-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu Farmonga ko‘ra, xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk ob'ektlarini sotib olish tarzida investisiya kiritish huquqi investisiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida berilgan.

Yuqoridagi kabi talablarni joriy etish esa, Farmonda nazarda tutilgan maqsadlarga mazmunan zid bo‘lib, ortiqcha byurokratik talabni nazarda turadi.

Qolaversa, loyiha ijrochisi tomonidan mazkur tartibni joriy etish zarurati asoslantirilmagan, xorijiy tajriba keltirilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha ilovasi 4-bandi “b” kichik bandidan to‘rtinchi xatboshini chiqarib tashlash zarur.

2. Loyiha ilovasi 4-bandi “b” kichik bandi 5-6-xatboshilariga ko‘ra:

“IT-visa”ga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va ularning oila a'zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” o‘rniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi”.

Ushbu 6-xatboshida Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori 1-ilovasi 62-bandi 11-xatboshi normasi qayta aynan takrorlangan.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun ilovasining
10-bandiga ko‘ra, “Loyihada, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilgan huquqiy normalar qayta takrorlanmaydi”, - deb belgilangan.

Mazkur Qonun talabidan kelib chiqib, loyiha ilovasi 4-bandi “b” kichik bandidan 6-xatboshini chiqarib tashlash hamda 5-xatboshini quyidagi tahrirda bayon qilish taklif etiladi:

“IT-visa”ga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va ularning oila a'zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi”.

05.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06