30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qilingan ishlar sarxisobi

Ta'kidlash lozimki, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, biznesni xar tomonlama qo‘llab-kuvvatlash hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilinishida biznesning himoyasini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.        

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasida belgilangan shakllarda jamoatchilik nazorati tashkil etilgan. Bu borada 2022 yil yanvar' – mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot taqdim etmoqdamiz.          

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning 30.11.2021 yildagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a'zoligiga qo‘shilish va yagona Reestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandiga asosan Palata huzurida Maxsus komissiya tuzildi.

Joriy yilning 1-choragida Maxsus komissiya tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi a'zoligiga qo‘shilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan komisiyaning 2 marta yig‘ilishi o‘tkazildi va yig‘ilish natijasi bo‘yicha ilk bor 80 nafar tadbirkorlik sub'ektlariga Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasiga a'zolik sertifikatlari berildi hamda sertifikatlarni topshirish jarayoni OAVlarida keng yoritildi.

(Nizom talablariga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a'zoligiga qo‘shilgan tadbirkorlik sub'ektlarining Reestri Savdo-sanoat palatasi tomonidan yuritilishi belgilangan).

Jamoatchilik nazoratining yana bir shakli bu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash uchun vakolatli organ sifatida jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishdir. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:         

- jami 221 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi. Shundan 141 ta loyiha bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to‘sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi normativ-xuquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emas ekanligi to‘g‘risidagi tavsiyalar bayon etilgan hulosalar berildi.

Shu bilan birga, Palata huzurida tashkil etilgan Ekspertlar kengashi yig‘ilishida onlayn shaklda tadbirkorlar ishtirokida 2 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 2018 yil 7 noyabrdagi 920-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga asosan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan 5 ta davlat organida, xususan Hisob palatasi, Sanoat havfsizligi davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmaseftika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida o‘tkazilgan attestasiya komissiyalarida Palata vakillari ishtirok etdi.        

Mazkur attestasiyalarda nazorat qiluvchi organlar tomonidan jami 197 nafar xodimlar ishtirok etgan. Shulardan 195 nafariga maxsus guvohnoma berilgan, 3 nafariga maxsus guvohnoma berish rad etilgan.   

Palata tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning yana bir shakli bu - davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarning jamoatchilik-maslahat kengashlari faoliyatida majburiy ravishda ishtirok etishdir. Hisobot davrida Palata xodimlari tomonidan Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik-maslahat kengashi faoliyatida ishtirok etildi hamda jamoatchilik kengashida ko‘tarilgan masalalar va belgilangan vazifalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.      

Hisobot davrida nazorat qiluvchi orlanlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha 15 ta holatda tadbirkorlik sub'ektlariga huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak berildi.      

Bu boradagi ishlar davom etmoqda. 

28.04.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06