
Rossiya ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Joriy yilning 25-27 aprel kunlari bo’lib o’tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” sanoat ko’rgazmasi doirasida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’sul xodimlari va Rossiyaning Xanti Mansiysk avtonom okrugi ishbilarmonlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekistonda sanoat tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalar, respublikamizdan Xanti Mansiysk avtonom okrugiga oziq-ovqat, tekstil hamda charm-poyabzal mahsulotlarini eksport qilish masalasi muhokama qilindi.
O‘z navbatida xorijiy tomon respublikamiz ishbilarmonlari bilan turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, savdo hamda energetika sohalarida qo’shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida xorijiy tomon O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini Xanti Mansiysk avtonom okrugiga tashrifini tashkil etishni taklif qildi.
27.04.2022
14:52