30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston-Belorussiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 25-aprel kuni “UzEkspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston-Belorussiya biznes-forumi va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari U.A'zamov, Belarus' tomonidan Belorussiya Savdo-sanoat palatasi raisi  M.Myatlikov, «Keramin» ochiq aksiyadorlik jamiyati direktori o‘rinbosari Ye, Belyaskaya, «Smorgonskie molochnie produkti» OAJ direktori I. Voronishe, «Svetopribor» UK direktori o‘rinbosari A.Konoyko va shu kabi ko‘plab yirik aksiyadorlik jamiyati va korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari va Belarus' Respublikasining 50 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan ham qator sanoat birlashmalari vakillari ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, Belarus' Respublikasi delegasiyasi tarkibidan  Belorussiyaning yetakchi korxonalari vakillari o‘rin olgan bo‘lib, asosiy e'tibor O‘zbekiston korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

         

Tomonlar Belarus' va O‘zbek tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek istiqbolli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro hamkorlik ko‘lamini oshirish boarsidagi ishlarni faollashtirish tarafdori ekanini ta'kidladilar.

Tadbirda Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektorning rolini oshirishga katta e'tibor qaratilayotgani, shu munosabat bilan investisiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar faol ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani bir necha bor ta'kidlandi. Shuningdek ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subektlariga soliq yukini kamaytirish, xususiy mulk va xorijiy kapitalni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, mamlakatimizning har bir viloyat, tuman va shaharlari negizida yangi foydalanilmagan iqtisodiy zaxiralarni aniqlash, ulardan oqilona foydalanish masalalari ham qayd etildi.

Tadbir davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdagi eng ustuvor yo‘nalishlar sanab o‘tildi. Ular orasidan oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektrotexnika, farmasevtika, biotibbiyot hamda IT va boshqa sohalar o‘rin oldi.

Tegishli tarmoq birlashmalari rahbarlarining taqdimot tarzidagi ma'ruzalari davomida har bir tarmoqning investision salohiyatini atroflicha ochib berildi, shuningdek, xorijiy investisiyalarni jalb etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning mavjud mexanizmlari hamda xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish haqida so‘z yuritildi.

Qayd etish lozimki mamlakatimizning Belarus' Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘tgan davr mobynida jadar rivojlantirilib kelinmoqda. 2017 yildan boshlab ikki mamlakat ishbilarmon vakillari o‘rtasida umumiy hisobda 25 dan ortiq tashriflar amalga oshirilgan bo‘lib, 2018-2019 yillarda tashkil etilgan oliy darajadagi tashriflar doirasida hududiy forumlari va milliy ko‘rgazma tadbirlari ham o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tadbirlar va muloqotlar natijasida bugungi kunga kelib Belorussiya ishtirokidagi 107 korxona O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan bo‘lib ularning 61 ta qo‘shma korxona, 46 tasi esa 100% horijiy kapital ishtirokidagi tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.

Bugungi tashkil etilgan tadbir doirasida ham B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, unda tadbirkorlar hamkorlarga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etib, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

26.04.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06