28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

23.11.22

Polshalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

16.11.22

Tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish choralari muhokama qilindi

15.11.22

UzVC Milliy venchur jamg'armasi Startup Growth (SGP) dasturini ishga tushirmoqda

11.11.22

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

7.11.22 - 9.11.22

«SAUDI INTERNATIONAL HALAL EXPO 2022».

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Tatariston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi

2022-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Tatariston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili A.A. Axtareev va Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi.

Muhokamalar chogʻida Tatariston delegatsiyasining tashrifining dastlabki natijalari koʻrib chiqildi. Kompaniya va korxonalar vakillari amalga oshirilgan ishlar, o‘zbekistonlik hamkorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar, respublika sanoat korxonalariga tashrif buyurish haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov so‘z davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida biznes sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi. Ular orasida to‘qimachilik va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, biomeditsina, IT sohasi va boshqa sohalar bor.

Tatariston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Marat Axmatov tatar va o‘zbek tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, istiqbolli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyihalar, shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida ikki davlatning o‘zaro hamkorlikni faollashtirish majburiyatini, ya’ni bu boradagi kelishuvlarni amalga oshirishni ta’kidladi.

Tatar tomoni delegatsiya tashrifi natijalaridan mamnunligini bildirdi, tomonlar ham katta salohiyati mavjud o‘zaro hamkorlik sur’atini pasaytirmaslikka kelishib oldilar.

15.04.2022

08:48

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06