30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Vengriya kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022 yil 13 aprel' kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi mas'ul xodimi M.Rixsiboev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimi G‘.Usmonov hamda Vengriyaning “Urban Confectionery Ltd.” kompaniyasi rahbari P.Noyman va  “Global Faktor Zrt.” korxonasi rahbari I.Chabailar ishtirokida  onlayn videomuloqot ko‘rinishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Vengriya tomonidan P.Noyman davlatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy yo‘nalishda respublikamizdan Vengriyaga oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari importini yo‘lga qo‘yish borasida O‘zbekiston ishbilarmonlari bilan ishlar boshlab yuborilganligini ta'kidladi.Shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Jumladan, Vengriya biznes delegasiyasining respublikamizga tashrifi va O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillarining Vengriyaga tashrifi, ushbu tashrif doirasida biznes muloqotlar, kichik ko‘rgazma tashkil etish masalasi muhokama etildi.

O‘z navbatida ushbu hamkorlikni kengaytirish va davomiylgini ta'minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Urban Confectionery Ltd.” ko‘magida Vengriyaning farmasevtika, qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, charm-poyabzal tarmoqlarida ko‘zga ko‘ringan kompaniyalari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatish, ular bilan yurtimizda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investision loyihalarni birgalikda amalga oshirish taklif etildi.

Tadbir davomida tekstil' mahsulotlarini Vengriyaga va Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportini kengaytirish maqsadida Vengriyaning “Global Faktor” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan onlayn videomuloqot tashkil etish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida Vengriya ishbilarmon doira vakillarining yurtimizga va O‘zbekiston biznes delegasiyasining ushbu xorijiy davlatga tashrifini tashkiliy masalalari hamda Vengriya tomonidan farmasevtika, qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, charm-poyabzal tarmoqlari yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan kompaniyalar va respublikamiz tadbirkorlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish masalalari kelishib olindi.

13.04.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06