28.09.23

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi yuzasidan davra suhbati

28.09.23

Gamburg Senati kantsleri davlat ma’muriyati rahbari Korinna Nienstedt bilan uchrashuv

27.09.23

Gamburg shahrida “Germaniya-Yevroosiyo o‘rta biznesi” ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

27.09.23

Bokuda Turkiy tilli davlatlarning II Аgrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi

25.09.23

Bоku shahrida Turkiy Agroforum boʻlib oʻtadi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Malayziya ishbilarmonlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

2022 yil 13 aprel' kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy eksportyor korxonalar ishtirokida Malayziyaning “GT Spice Manufacturers”  kompaniyasi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn videomuloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi G‘.Usmonov so‘zga chiqib, respublikamizda Malayziya kompaniyalari shu jumladan  “GT Spice Manufacturers”  bilan hamkorlik qilishga qiziqishi yuqori ekanligini hamda respublikamizdan Malayziyaga eksport qilish salohiyati to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, quruq meva, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa dorivor va ziravor mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati yuqori ekanligi ta'kidlandi.

O‘z navbatida Malayziya kompaniyasi o‘zining faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot berib, respublikamiz ishbilarmonlari bilan eksport, import hamda respublikamizda oziq-ovqat yo‘nalishida  qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi borligini ma'lum qildi.

Uchrashuv davomida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportbop mahsulotlar borasidagi taqdimotlari eshitildi.

Muzokaralar yakunida Malayziya korxonasi ehtiyoji uchun respublikamizdan Malayziyaga qishloq xo‘jaligi va quruq meva mahsulotlari eksportini tashkil etish, O‘zbekistonning xususiy korxonalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga hamda Malayziya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tuzish masalasini o‘rganib chiqishga kelishib olindi.

13.04.2022

14:41

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06