28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

23.11.22

Polshalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

16.11.22

Tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish choralari muhokama qilindi

15.11.22

UzVC Milliy venchur jamg'armasi Startup Growth (SGP) dasturini ishga tushirmoqda

11.11.22

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

7.11.22 - 9.11.22

«SAUDI INTERNATIONAL HALAL EXPO 2022».

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida Palata tomonidan kiritilgan takliflar o‘z natijasini bermoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaxshilash sohasida Palataning funksiyalaridan biri ishbilarmonlik muhitining holati, qonunchilik normalari va talablarining amalga oshirilishi natijalari tahlilini o‘tkazish va ularni yaxshilashga doir takliflar kiritish hisoblanadi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan bu borada tizimli ishlar amalga oshirilib, joylardagi ishbilarmonlik muhiti monitoring qilib borilmoqda.

Jumladan, o‘tgan 2021 yil va joriy yilning birinchi choragi mobaynida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida Palata tomonidan 34 ta taklif o‘rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga yuborilgan bo‘lib, ushbu takliflarning 12 tasi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritildi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik sub'ektlariga auksion orqali sotishda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini joriy etish taklifi berilgan edi.

Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmonida o‘z aksini topib,  farmonning 2-bandida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etildi.

Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida olib boriladigan tekshirishlarda Palata xodimlarining ishtirok et ishinini belgilab qo‘yish taklifi berilgan edi.

Ushbu taklif ham ijobiy qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi PF-6314-son Farmonida Palata a'zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik sub'ekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etishi tartibi kiritildi.

Qabul qilingan barcha takliflarni e'tiboringizga havola qilamiz.

SSP Axborot-xizmati 

13.04.2022

14:36

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06