28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

23.11.22

Polshalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

16.11.22

Tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish choralari muhokama qilindi

15.11.22

UzVC Milliy venchur jamg'armasi Startup Growth (SGP) dasturini ishga tushirmoqda

11.11.22

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

7.11.22 - 9.11.22

«SAUDI INTERNATIONAL HALAL EXPO 2022».

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston-Tatariston ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B muzokaralar

2022-yilning 12 aprel' kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Tatariston ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari va Tatar Respublikasining 50 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston tomonidan ham qator sanoat birlashmalari vakillari ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, Tatariston Respublikasi delegasiyasi tarkibida Tataristonning yetakchi korxonalari tadbirkorlari bor edi, asosiy e'tibor O‘zbekiston korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tomonlar tatar va o‘zbek tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ya'ni istiqbolli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik hajmini oshirish maqsadida ikki mamlakat o‘zaro hamkorlikni faollashtirish tarafdori ekanini ta'kidladilar.

Tadbirda Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektorning rolini oshirishga katta e'tibor qaratilayotgani, shu munosabat bilan investisiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar faol ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani bir necha bor ta'kidlandi. Shuningdek ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subektlariga soliq yukini kamaytirish, xususiy mulk va xorijiy kapitalni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, mamlakatimizning har bir viloyatining tuman va shaharlari kontekstida yangi foydalanilmagan iqtisodiy zaxiralarni aniqlash, ularning daromadliligini ta'minlash masalalari ham qayd etildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes sheriklik aloqalarini o‘rnatishning ustuvor yo‘nalishlari sanab o‘tildi. Ular orasidan to‘qimachilik va elektrotexnika sanoati, farmasevtika, biomedisina hamda IT va boshqa sohalar o‘rin oldi.

Tegishli tarmoq birlashmalari rahbarlari taqdimot tarzida har bir tarmoqning investision, sanoat va savdo salohiyatini atroflicha ochib berdilar, shuningdek, xorijiy investisiyalar jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning mavjud mexanizmlari hamda xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga maqsadli yo‘nalishda ishlab chiqilgan istiqbolli loyiha takliflari manfaatdor tatar investorlari va tadbirkorlari bilan yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida taqdim etildi. Mazkur sohalar tarkibiga oziq-ovqat, neft-gaz, farmasevtika, ta'lim, muhandislik, ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlar kiritildi.

Ta'kidlash joizki, amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan sarmoyaviy muhit va kichik biznes uchun yaratilgan imkoniyatlar O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat yaratmoqda.

Tadbir davomida B2B formatidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlar hamkorlarga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etib, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

12.04.2022

16:36

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06