30.11.23

Germaniya Federativ Respublikasida O‘zbekiston-Tyuringiya forumi

30.11.23

Germaniyaning Drezden shahrida O‘zbekiston-Saksoniya forumi bo‘lib o‘tdi

30.11.23

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi

29.11.23

Yevroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

29.11.23

Hindiston vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi va Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov qarorgohi Nur-Sulton shahrida joylashgan Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tirs bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati haqida ma'lumot berildi. Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor haqida alohida to‘htalib o‘tildi.

Shuningdek, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish  zarurligi qayd etildi. O‘z navbatida, Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi T.Tirs so‘nggi yillarda Estoniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy tendesiya kuzatilayotganini ta'kidladi. Iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Shuningdek, u ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va umuman, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalarining o‘zaro hamkorligini talab etishi hamda tashkilotlar ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun asosiy platformasi ekanligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

28.03.2022

16:18

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06