23.11.22

Polshalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

16.11.22

Tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish choralari muhokama qilindi

15.11.22

UzVC Milliy venchur jamg'armasi Startup Growth (SGP) dasturini ishga tushirmoqda

11.11.22

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

10.11.22

«Biznes-korrupsiyaga qarshi” mavzusida muloqot o‘tkazildi

7.11.22 - 9.11.22

«SAUDI INTERNATIONAL HALAL EXPO 2022».

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

2021-yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahrida BMTTD va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan “Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” hamkorlik  loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.. Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, mazkur loyiha faoliyati bilan bog‘liq hamkor tashkilotlar, vazirliklar, idoralar va boshqa aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Savdo-sanoat palatasi raisi Ikromov Adham Ilxamovich, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi Vadim Mitrofanovlar mazkur loyihaning alohida ahamiyatini ta'kidlab o‘tdilar hamda 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan loyihadan olingan saboqlar kelajakda mintaqadagi iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha hamkorlik loyihalari uchun yaxshi yordam bo‘la olishiga umid bildirdilar.

O‘tgan davr mobaynida loyiha bozorga kirish imkoniyatlarini yaxshilash va qishloq xo‘jaligini barqaror boshqarish choralarini ko‘rish orqali fermerlarning iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib bordi. Loyiha qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashish choralarini takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish, fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining salohiyatlarini oshirish,  iqlim o‘zgarishi xatarlariga javob berishda ilg‘or texnologiyalar va infratuzilmalardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavsfsiz ishlab chiqarishga ko‘maklashish vazifalarini o‘z oldiga qo‘ygan edi.

Loyiha menejeri Ulug‘bek Dedabaev loyiha haqida gapirar ekan, unda qisqa davrda sezilarli natijalarga erishilgani, jumladan, Namangan viloyatining iqlim o‘zgarishi aspektlarini o‘z ichiga olgan Namangan viloyati strategiyasi, o‘simliklarni kompleks himoya qilish konsepsiyalari ishlab chiqildi, 20 dan ortiq mavzuda seminar-treninglar tashkil etilib, ularda Farg‘ona vodiysining qishloq xo‘jaligi sohasining ikki mingdan ortiq vakillari ishtirok etishdi, iqlim o‘zgarishi xatariga moslashish chora-tadbirlarini namoyish etish, ayollar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish kabilarga qaratilgan jami qiymati 1,5 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 14 ta biznes loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, loyiha doirasida innovasion texnologiyalardan bo‘lmish agrometeorologik stansiyalar, elektron feromon tutqichlar ishlab chiqilib o‘simliklarni himoya qilish tizimi  bilan uyg‘unlashtirildi.

Toshkentdagi Inha universiteti professori Sarvar Abdullaev o‘z taqdimotida agrometeorologiya stansiyalari va “aqlli” feromon tutqichlarining xususiyatlari haqida batafsil so‘zlab berdi. O‘simliklar karantini va muhofazasi agentligi vakili Umidjon Abdujalilov Farg‘ona vodiysi fermer xo‘jaliklarini agrometeorologik prognozlash va axborot tizimini yaratish va tatbiq etishda  agentlikning viloyatdagi hududiy boshqarmalarida  hamkorlikda amalga oshirilayotgan faoliyat haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida loyihaning videoroligi namoyish etildi, unda ishtirokchilar loyiha hamkorlari va manfaatdorlarining erishilgan natijalar bo‘yicha fikrlarini ko‘rib mulohaza qilishdi.

Yig‘ilish ishtirokchilarning muhokamasi va fikr almashuvlari bilan yakunlanib va unga ko‘ra loyiha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha olgani va uni muvaffaqiyatli yakunlangan deb hisoblash mumkinligi ta'kidlandi.

SSP Matbuot xizmati

07.12.2021

12:26

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06