7.12.21

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 647 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kavrakchilik sohasini rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʼbatlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-50472) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1,Loyiha 2-bandi uchinchi xatboshiga koʼra:

“Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi:

yovvoyi holda oʼsuvchi kavrak oʼsimligi xom ashyosini yigʼish va tayyorlashga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi tomonidan tasdiqlangan va Qoʼmitaning buyurtmasiga koʼra toʼlov evaziga ajratilgan kvota boʼyicha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma beradi. Bunda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi yovvoyi holda oʼsuvchi kavrak oʼsimligi xom ashyosini yigʼish va tayyorlashga kvotalarni Qorakoʼlchilik va choʼl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bilan kelishib tasdiqlaydi”.

Bunda, yangi turdagi ruxsatnomani joriy etish nazarda tutilgan hamda loyiha 18-bandida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida”gi Qonunga “Oʼsimlik dunyosi obʼektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma” berishga vakolatli boʼlgan organlar roʼyxatiga Qoʼmitani kiritish boʼyicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish keltirilgan.

Biroq, shuni aytish lozimki, mazkur Qonun yaqinda qabul qilingan boʼlib, unda ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda ruxsat beruvchi hujjatlar sonini qisqartirish nazarda tutilgan.

Yuqoridagi ruxsatnomani joriy etish esa, bugungi kunda ruxsat beruvchi hujjatlarni qisqartirish boʼyicha amalga oshirilayotgan islohotlarga mutlaqo toʼgʼri kelmaydi.

Shu bois, yangi turdagi ruxsatnomani joriy etish va mazkur Qonunga qoʼshimchalar kiritish maqsadga muvofiq emas.

2.Loyiha 7-bandiga koʼra, “Qoʼmita Uyushma bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining kavrak oʼsishi uchun iqlim jihatdan mos boʼlgan hududlarida kavrakni qayta ishlovchi korxonalar, kavrak yigʼish va yetishtirish bilan shugʼullanuvchi uy-xoʼjaliklari (jismoniy shaxslar) va kavrak koʼchatchiligi xoʼjaliklari kooperatsiyasiga asoslangan kavrakchilik klasterlari (keyingi oʼrinlarda – kavrakchilik klasterlari)ni tashkil etsin”, - deb keltirilgan hamda mazkur klasterlarning vazifalari belgilab berilgan.

Qayd etish lozimki, klasterlar oʼz navbatida tadbirkorlik subʼektlari tomonidan tashkil etilib, ularni tashkil etishda davlat organlari ishtiroki shart emas.

Bunday yondashuv iqtisodiyotga davlat aralashuvini nazarda tutib, tadbirkorlik subʼektlari uchun salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qolaversa, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʼgʼrisida”gi Qonunning 34-moddasiga koʼra, davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Shu bois, loyihadan jismoniy shaxslar va qayta ishlovchi korxonalar oʼrtasida kooperatsiyani (klasterlarni) tashkil qilish bilan bogʼliq normalarni chiqarib tashlash lozim.

3.Loyiha 11-bandiga koʼra, “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi va uning aʼzolarining Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tugatish hamda uning huquq va majburiyatlarini “Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish” uyushmasiga yuklash toʼgʼrisidagi takliflari maʼqullansin”, - deb belgilangan.

Taʼkidlash lozimki, Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Yaʼni, ushbu masalalarni normativ-huquqiy hujjat bilan belgilab qoʼyish yuqorida keltirilgan Qonun talablariga zid keladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan Uyushma faoliyatiga oid barcha normalarni chiqarib tashlash lozim.

SSP Axborot-xizmati 

14.10.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06