16.08.22

“Berkemann GmbH” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv

16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qoraqalpogʼiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha xududiy kengashi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Joriy yil 7 oktyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha hududiy kengashi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda Qoraqalpogʼiston Milliy kengashi aʼzolari, dahldor tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligi direktori Аkmal Burxanov hamda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasidan boshqarma boshligʼi Bobur Ibadullaev ishtirok etdi.

Yigʼilishga Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisi Kamalov Murat Kallibekovich va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Burxanov Аkmal Eshondedaevich raislik qildi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Аkmal Burxanov  korruptsiyaga qarshi kurashish yoʼnalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ular ijrosida hududiy kengashlarning oʼrni xususida soʼz yuritib, joylarda keng koʼlamli ishlar olib borilishiga qaramay korruptsion holatlarga duch kelinayotganligi taʼkidladi. Shunday holatlarga barham berish maqsadida endilikda hududiy kengashlar faoliyat yuritadi va ular korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat va boshqa dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi, tegishli hududda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va hamkorligini taʼminlaydi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va oʼz faoliyatini belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratadi.

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshligʼi Bobur Ibadullaev  oʼz maʼruzasida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida Palata tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida axborot berdi. Jumladan, jamoatchilik nazoratining quyidagi usullarini qoʼllab, biznes hamjamiyati oʼrtasida korruptsiyaga qarshi kurashga oʼz xissasini qoʼshib kelmoqda:

Kundalik faoliyatida duch kelayotgan korruptsion holatlar va ularga nisbatan tadbirkor fikrini oʼrganish maqsadida har yili ijtimoiy tarmoqlar va internet orqali tadbirkorlar oʼrtasida soʼrovnomalar oʼtkazib kelinmoqda, yakunlari umumlashtirilib, Palata saytida joylashtirib borilmoqda;
 2. Tadbirkorlar oʼz faoliyatida uchraydigan korruptsion holatlarga  munosabati hamda bank muassasalari bilan oʼzaro munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolar toʼgʼrisida ijtimoiy tarmoqlar va internet orqali soʼrovnomalar oʼtkazildi;
 3. Turli sohalar boʼyicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ularda tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri hamda korruptsion holatlarga olib kelishi mumkin boʼlgan holatlarni aniqlash maqsadida jamoatchilik ekspertizasidan oʼtkazib kelinmoqda;
 4. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida oʼtkaziladigan tekshiruvlar obʼektiv va shaffof oʼtkazilishi va bunda tekshiruv subʼektlari oʼrtasida korruptsion munosabatlar oldini olish uchun bunday tekshiruvlarda Palata xodimlari bevosita ishtirok etib kelishmoqda;
 5. Tekshiruvlar malakali va tajribali xodimlar tomonidan oʼtkazilishini taʼminlash maqsadida, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga bunday tekshiruv oʼtkazishga maxsus guvohnoma berish uchun oʼtkaziladigan attestatsiyalarda Palata xodimlari komissiya aʼzosi sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
 6. Palataga tadbirkorlik subʼektlaridan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilmoqda, ularda bayon etilayotgan muammolar va faoliyatga qilinayotgan toʼsqinliklar atroflicha tahlil qilinib, muammolar yechimini topish maqsadida tegishli vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda zarur choralar koʼrilmoqda va mazkur jarayon ustidan jamoatchilik nazorati yuritib kelinmoqda.  
 Shu bilan bir qatorda tadbirkorlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, biznes yuritish va biznes ayirboshlashning tan olingan jahon standartlarini hisobga olgan xolda ahloqiy meʼyorlarini birxillashtirish, ahloqiy va xalol hulq-atvorni targʼib qilish, qonunbuzarliklar va korruptsiyaning oldini olish maqsadida, Biznes yuritish etikasi kodeksi ishlab chiqildi va YeXXTning moliyaviy koʼmagida 40 ming nushada chop etilib, tadbirkorlik subʼektlari oʼrtasida tarqatildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Vakil bilan hamkorlikda, Oʼzbekistonda Biznesning korruptsiyaga qarshi kurashish xartiyasi ishlab chiqildi.
Hartiyaning maqsadi – bu ishbilarmon doira vakillari tomonidan oʼz faoliyatida korruptsion amaliyotini cheklashni joriy etishga qaratilgan hujjat. Hartiyaga qoʼshilgan tadbirkorlar oʼzining korruptsiyaga toqatsizligini tasdiqlaydi. Xartiya biznesning raqobatbardoshligini oshirishga, shu bilan birga, biznes yuritishda korruptsiyaga qarshi kurashish madaniyati shakllantirilishi bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.

SSP Axborot-xizmati 

08.10.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06