27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qanday tovarlarga bojxona bojlari solinmaydi

Prezidentning 30.09.2021 yildagi “Xizmatlar sohasini qoʼllab-quvvatlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6318-son Farmoni qabul qilindi.

Hujjatga asosan respublika hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun bojxona boji boʼyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi:

  • yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʼz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodlari 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0; 8703 32 191 0, 8703 33 191 0);
  • tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta taʼmirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallar (shu jumladan mebelь va inventar);
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq boʼlmagan, yoʼlovchilarni tashishda foydalaniladigan hamda haydovchidan tashqari 8 va undan ortiq oʼrindiqlarga ega boʼlgan transport vositalari;
  • respublikada ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari koʼrsatishga moʼljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʼyxatlar boʼyicha olib kiriladigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar;
  • dor (osma) yoʼllari, togʼ-changʼi koʼtargichlar, funikulyorlar va boshqa oʼxshash obyektlar, "banji-jamping" va "ziplayn" attraktsionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, "rafting" va "flaybording" uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, "buggycar", faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (gʼildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan "fudtrak" yer usti transport vositalari, motorli qayiq va kvadrotsikllar.

Gʼildirakli transport vositalari, oʼziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun, agar ularning ishlab chiqarilganligiga 4 yildan ortiq boʼlmasa hamda "Evro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos kelsa, 2024 yil 1 yanvarga qadar utilizatsiya yigʼimining nol stavkasi qoʼllaniladi.

Respublika hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʼyxat boʼyicha taʼlim tashkilotlari uchun oʼquv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
  • taqiqlanmagan oʼyin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videooʼyinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
  • yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari. 

Quyidagilarni olib kirishga bojxona bojining nol stavkasi qoʼllaniladi:

  • 3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari;
  • kinoekranlar;
  • obyektivli, lampali, polyarizatsiya filtrli raqamli proektorlar;
  • akustika tizimlari va ekran orti karnaylari;
  • professional passiv sabvufer;
  • integratsiya qilingan media server;
  • raqamli proektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar;
  • ovozli protsessor;
  • proektor uchun obʼektiv;
  • ekranlar uchun yorugʼlik uchlanishning ultra yorqin passiv 3D tizimi;
  • 3D koʼzoynaklar

- Prezidentning 7.04.2021 yildagi PF-6202-son Farmoni doirasida.

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga infratuzilma yetarli rivojlanmagan yoki kapital qurilish obyektlarini barpo qilish boʼyicha cheklovlar mavjud boʼlgan magistral yoʼllari boʼylab "fudtrak" transport vositalarini (kafe-furgonlarga aylantirilgan) joylashtirish uchun maxsus joylar roʼyxatini tuzish va "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirilishini taʼminlash topshirildi. Mazkur hududlarda savdo joylarini sotish boʼyicha auktsion boshlangʼich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkalari yer soligʼi summasining 50%i miqdorida belgilanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.

Manbaa: Norma.uz

SSP Axborot-xizmati 

06.10.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06