22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2021 yil 8 aprel kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2021 yil 5 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Shirin shahar hokimi oʼrinbosari - Investitsiya va tashqi savdo boʼlimi boshligʼi va Sirdaryo viloyati Savdo-sanoat palatasining Shirin shahar boʼlimi boshligʼi hamda Shirin shahar Energetiklar koʼchasi, 7-uyda joylashgan “Sirdaryo IES” АJ mutasaddi rahbarlari ishtirokida “mijozbay” tizimida uchrashuv oʼtkazildi.

Mazkur uchrashuvda, “Bojxona organlari bilan vujudga kelishi mumkin boʼlgan nizolarni muqobil hal etish usullari” va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi mavzuda boʼlib oʼtib, bugungi kunda Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlashda berilayotgan keng imkoniyatlarga alohida toʼxtalib oʼtildi.

Jumladan, bojxona boshqarmasining sohaviy boʼlimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrdagi “Eksportchi korxonalarni ragʼbatlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6306-son Farmoni bilan TIF qatnashchilariga yaratilayotgan qulayliklar va Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʼyicha tovar kodini tasniflash boʼyicha dastlabki qaror qabul qilish tartibi toʼgʼrisida hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisidagi” qonuni asosida tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv soʼngida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi va kelgusidagi eksport salohiyatini koʼpaytirish boʼyicha rejalarini amalga oshirishida bojxona xodimlari tomonidan yaqindan amaliy yordam koʼrsatilishi boʼyicha kelishib olindi.

SSP Axborot-xizmati 

06.10.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06