22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

16.11.21 - 18.11.21

Qadoqlash. Bosib chiqarish. Yorliq. Qog'oz.

3.11.21 - 5.11.21

Transport va logistika

3.11.21 - 5.11.21

Qo'riqlash, xavfsizlik va yong'indan himoya

3.11.21 - 5.11.21

Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

"Xotin-qizlarning eng yaxshi startap loyixasi" tanlovning Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan xotin-qizlarning xuquq va manfaatlarini ximoya kilish, ularning ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish, bandligini ta'minlash masalasi siyosat darajasiga ko‘tarildi.

Xususan, 2021 yil 26 fevral' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida o‘tkazilgan videselektor yig‘ilishda xotin-qizlarning bandligi masalalariga jiddiy yondoshish, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dagi xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘rgatish masalalarini maqsadli va manzilli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazirlik va idoralarga topshiriq berilgan edi.

Ushbu topshiriqlarni samarali amalga oshirish, xotin-qizlarni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish, oila daromadlarini ko‘paytirish, ish bilan ta'minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amaliyotga joriy etish va keng ommaga targ‘ib etish hamda rag‘batlantirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Innovasion Rivojlanish vazirligi, Savdo Sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik  tijorat  Xalk banki va Respublika Xotin-qizlarning tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda "Xotin-qizlarning eng yaxshi startap loyixasi" tanlovning Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlov mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan  tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, eng avvalo ayollarini tadbirkorlik sohasiga keng jalb etishni rag‘batlantirish va oila daromadlarini ko‘paytirish, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyixalarni amaliyotga joriy qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi qoshidagi nodavlat ta'lim muassasasi “Xorazm Biznes-Maktabi”da o‘qib sertifikat olgan xotin-qizlar qatnashdi. 
Tanlov joriy yilning may-avgust oylarida 2 bosqichda quyidagi nominasiyalar bo‘yicha tashkil etildi:
1. AKTni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi startap loyiha;
2. Ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi startap loyiha;
3.Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi startap loyiha; 
4. Farmasevtika sohasidagi eng yaxshi startap loyiha;
5.  Qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi startap  loyiha”
6.  Engil sanoat va to‘qimachilik bo‘yicha  yaxshi startap   loyiha; 
7.  Servis sohasidagi eng yaxshi startap loyiha”
8.  Noan'anaviy tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi startap   loyiha;
9.  Imkoniyati cheklangan tadbirkor ayolning startap loyihasi;
10. Iqtidorli qizning istiqbolli startap loyihasi.

G‘oliblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishing.

SSP Matbuot xizmati

28.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06