27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 sentyabr' kuni Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik  faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga minitexnalogiyalar namoyish etildi. Shuningdek, 102 ta korxona, tashkilot va muassasalari o‘zlarining 865 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 

Yarmarka davomida 54 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 27 nafariga tomorqa xo‘jaligidan foydalanish uchun subsidiyalar ajratilib, 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga kasbga o‘qitishga yo‘llanmalar berildi. Shu bilan birga, 15 nafar ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kreditlar berildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahar 2-sektorda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatilganligi haqida sertifikatlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun zarur asbob-uskunalar berildi.

SSP Matbuot xizmati

27.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06