27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorning qonuniy manfaatlari himoya qilindi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a'zosi «MAVLONO» MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.

Palata a'zosining murojaati o‘rganib chiqilganda Yangiyo‘l tuman hokimining qarori bilan tadbirkorga tuman zaxirasidagi 48,18 ga. yer maydoni uzoq muddatli ijara asosida ajratilgan. Biroq, keyinchalik tuman hokimining yangi qarori bilan tadbirkorga ajratilgan yer maydoni asossiz ravishda tuman zaxirasiga qaytarib olingan.

Yangiyo‘l tuman hokimining tadbirkorga ajratilgan yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorining tegishli bandini bekor qilish va hokimlik zimmasiga olib qo‘yilgan yer maydonini qaytarish majburiyatini yuklash yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi manfaatida Yangiyo‘l shahar ma'muriy sudiga ariza kiritilgan.

Yangiyo‘l shahar ma'muriy sudining hal qiluv qarori bilan Palata tomonidan kiritilgan ariza to‘liq qanoatlantirilgan. Toshkent viloyat ma'muriy sudi apellyasiya instansiyasining qarori bilan birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori o‘z quchida qoldirilgan.

Mazkur sud qarorlarini bekor qilish bo‘yicha javobgar tomonidan Oliy sudga kiritilgan kassasiya shikoyati Oliy sudning ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining qarori bilan qanoatlantirilib, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosi manfaatida kiritilgan arizani qanoatlantirish rad etilgan.

Biroq, Oliy sudning ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining qarorini qayta kassasiya tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan kiritilgan iltimosnoma qanoatlantirilib, Oliy sudning ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining yangi qarori bilan Savdo-sanoat palatasining da'vo talablari qanoatlantirilgan va shu tariqa, Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

SSP Axborot-xizmati

14.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06