27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 602 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boʼlinmalari tomonidan qoʼriqlanadigan obyektlar roʼyxatini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 930-son qaroriga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish haqida”gi Qarori (ID-49129) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

Loyihaga koʼra, Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boʼlinmalari tomonidan qoʼriqlanadigan obyektlar roʼyxatini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 930-son qaroriga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Unda, qoʼriqlanadigan obyektlar roʼyxatini kengaytirish, xususan 400 kishidan ortiq sigʼimli kontsert, ommaviy tomosha oʼtkaziladigan saroylar va zallar, xususiy taʼlim muassasalari, tungi klublar, tungi vaqtda faoliyat koʼrsatuvchi koʼngilochar maskanlar, aholiga pullik xizmat koʼrsatish obyektlari, atraktsionlar joylashgan madaniyat va dam olish parklari, spirtli ichimliklarni quyib sotishga moʼljallangan obʼektlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar dehqon (oziq-ovqat), ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarni ham ushbu roʼyxatga kiritish belgilangan.

Biroq, shuni inobatga olish lozimki, bu kabi xususiy mulk obyektlarini majburiy tartibda Milliy gvardiyaning Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boʼlinmalari tomonidan qoʼriqlanadigan obʼektlar roʼyxatiga kiritish maqsadga muvofiq emas.

Ushbu obyektlar qoʼriqlanishidan birinchi navbatda, tadbirkorlik subyektlarining oʼzi manfaatdor boʼlib, ular amaldagi qonunchilikka koʼra, ixtiyoriylik asosida obyektlarni Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boʼlinmalariga topshirishlari mumkin.

Qolaversa, yuqoridagi roʼyxatning bu shaklda kengaytirilishi asoslantirilmagan. Loyiha ijrochisi tomonidan asos sifatida keltirilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PF-5979m-son Farmonida ham bunday masalalar nazarda tutilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boʼlinmalari tomonidan qoʼriqlanadigan obyektlar roʼyxatiga yuqorida keltirilgan (tadbirkorlik subyektlari) obyektlarni kiritish maqsadga muvofiq emas.

SSP Axborot-xizmati 

14.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06