6.10.22

Toʻqimachilik sohasi qanday qoʻllab-quvvatlanadi

4.10.22

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

4.10.22

Budapesht shahrida О‘zbek-Venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

3.10.22

Budapeshtda Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

30.09.22

O‘zbekiston-Tyuringiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining biznes-forumi tashkil etildi.

2021 yil 10 sentyabr kuni videokonferensaloqa formatida Turkiy biznes-forum boʼlib oʼtdi.

Maʼlumot uchun: Turkiy tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi-zamonaviy turkiy davlatlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot boʼlib, uning asosiy maqsadi aʼzo davlatlar oʼrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdir. Turkiy kengash 2009 yil 3 oktyabrda tashkil etilgan.

Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov videokonferentsaloqa formatida ishtirok etdi. Shuningdek, Boku shahrida Oʼzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʼrinbosari А. Voitov boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

Biznes-forumni Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri M.Jabborov kirish soʼzi bilan ochdi. U oʼz nutqi davomida Ozarbayjon davlati Turkiy Kengash mamlakatlari bilan doʼstlik aloqalari va koʼp qirrali hamkorlikni yuksak qadrlashini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbir davomida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi B. Аmreev soʼzga chiqib, Turkiy kengashining oʼzaro hamkorlikni rivojlantirishga koʼmaklashuvchi mintaqaviy tuzilma sifatida taʼkidlab, birinchi navbatda, savdo, sarmoya innovatsiya, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv yoʼnalishlar kabi dolzarb sohalarda samarali salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov esa oʼz nutqi davomida, Oʼzbekiston va Turkiy Kengash mamlakatlari tarixiy jihatdan nafaqat madaniy, lingvistik, maʼnaviy hamjamiyat, balki anʼanaviy doʼstlik va oʼzaro manfaatli munosabatlar bilan bogʼliqligiga eʼtibor qaratdi. Taʼkidlanishicha, Turkiy davlatlar Savdo-sanoat palatalari, birinchi navbatda, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan bogʼliq masalalarni muhokama qilishda oʼzini ishbilarmonlik bilan oʼzaro munosabatlarning muvofiqlashtiruvchi mexanizmi sifatida namoyon etdi.

Samarali hamkorlik natijalari siftida tashkil etilayotgan qoʼshma tadbirlarni koʼrishimiz mumkin boʼlib, ular oʼz navbatida iqtisodiyotning turli sohalarida ishtirok etuvchi mamlakatlarning biznesini rivojlantirishda asosiy platforma boʼlib xizmat qiladi.  Oʼnlab kelishuv va imzolangan shartnomalar, muntazam uchrashuvlar va tadbirlar buning yaqqol tasdigʼidir.

Biznes-forum yakunida “B2B” formatida ham uchrashuvlar boʼlib oʼtdi, u yerda ishtirokchi mamlakatlar ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi sheriklik munosabatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Ochiq muloqot oʼzaro manfaatli sohalarni aniq belgilashga imkon berdi, bu esa istiqbolli loyihalar va kelishuvlarni ishlab chiqish va Turkiy hamkorlik kengashiga aʼzo davlatlar ishbilarmon doiralari oʼrtasida oʼzaro hamkorlikning samarali formatini aniqlash imkonini yaratdi.

SSP Axborot-xizmati 

10.09.2021

18:53

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06