27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP raisining Gretsiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuvi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasida SSP raisi A.Ikramov va Gretsiya Respublikasining Oʼzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgoxi Moskva shahrida) Y.Nassika oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, Oʼzbekiston va Gretsiya oʼrtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida xorijiy mehmonlarga mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Oʼzbekistonda hunarmandchilikni rivojlanayotganligi va ushbu yoʼnalish ikki tomonlama hamkorlik uchun yana bir imkoniyat ekanligiga aloxida eʼtibor qaratildi.

Oʼz navbatida, Gretsiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Y.Nassika soʼnggi yillarda Gretsiya va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlarda ijobiy dinamika kuzatilganini qayd etdi. Iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi aloqalar sezilarli darajada kuchayganini taʼkidlab oʼtdi.

Shuningdek, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Toshkent-Аfina, Samarqand-Salonikiga havo aloqalarini oʼrnatish zarurligi muhokama etildi, bu esa oʼz navbatida oʼzaro sayyohlik oqimini koʼpaytirishga yordam beradi.

Tadbir soʼngida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida kelgusida hamkorlik qilishlariga umid bildirishdi.

SSP Axborot-xizmati 

09.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06