22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

ShHT Ishbilarmonlar Kengashi yigʼilishi

Joriy yilning 7 sentyabrida videokonferentsaloqa formatida ShHT Ishbilarmonlar kengashi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Bu yil mazkur yigʼilish ShHT Ishbilarmonlar Kengashi milliy qismining Tojikiston Respublikasi raisi D.Jumaxonzoda tomonidan olib borildi.

Uchrashuvda ShHT Bosh kotibi V.Norov, ShHT Ishbilarmonlar Kengashining ijrochi kotibi S.Kanavskiy, Oʼzbekiston Respublikasidan ShHT Ishbilarmonlar Kengashi qismining raisi A.Ikramov, shuningdek, ShHTga aʼzo boʼlgan ShHT Ishbilarmonlar Kengashi Milliy qism raislari ishtirok etishdi. 

Ushbu tadbir davomida ShHT Bosh kotibi V.Norov oʼz nutqi davomida ishtirokchi davlatlar oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash, koʼp tarmoqli hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va Tashkilotning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan kursning jadal rivojlanayotganligini taʼkidladi. 

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Ishbilarmonlar Kengashining ShHT Milliy qismi raisi А.Ikramov oʼz maʼruzasida ShHT davlatlari rahbarlarining saʼy-harakatlari, yuqori darajadagi muntazam uchrashuv va muloqotlar tufayli ishtirokchi mamlakatlar ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi hamkorlik jadal bilan rivojlayotganligini taʼkidlab oʼtdi.

Shu bilan birga, soʼnggi yillarda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining ShHT IK ishidagi asosiy saʼy-harakatlari tashkilotga aʼzo davlatlar, kuzatuvchilar va muloqot sheriklarining biznes tuzilmalariga yordam berishga qaratilgani hamda oʼzaro manfaatli loyihalar, shuningdek, hamkorlikning yangi sohalarida samaradorlikni oshirish borasida soʼz yuritildi.

Soʼngra, ShHT Ishbilarmonlar Kengashining faoliyati toʼgʼrisidagi hisobotlar, shuningdek, ShHT Ishbilarmonlar Kengashi ijrochi kotibining maʼlumotlari tinglandi.

Shuningdek, kun tartibidan pilot loyihalar va taqdimot masalalari muhokamasi oʼrin oldi. Oʼzbekiston tomonidan quyidagi qator takliflar ilgari surildi:
- eksport qiluvchi kompaniyalarga bojxona imtiyozlari berish, tashqi savdo bozorlariga chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ShHTga aʼzo davlatlar oʼrtasidagi savdo tartibini soddalashtirish, shuningdek sertifikatlar va talablar sonini kamaytirish;
- ShHT Ishbilarmonlar kengashi, Savdo-sanoat palatalari va sherik mamlakatlarning biznes tuzilmalarining roli va masʼuliyatini oshiradigan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik, transport, aloqa va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish;
- ShHTga aʼzo davlatlar ishbilarmon doiralari oʼrtasida savdo-sotiqni kengaytirish uchun qonunchilik platformasi va qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Ushbu takliflar bilan bir qatorda, Savdo-sanoat palatalari bazasida ikki tomonlama va koʼp tomonlama formatdagi ishbilarmon doiralar ishtirokida muntazam ravishda onlayn biznes-forumlar va uchrashuvlar oʼtkazilishini qoʼllab-quvvatlash  va shu bilan birga, ShHTdagi hamkorlar hududida Savdo uylari ochilishiga koʼmaklashish istagi bildirildi.

Tadbir soʼngida ShHT Ishbilarmonlar Kengashi yigʼilishining Protokoli imzolandi, unda ShHT Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʼilishini 2022 yil iyunь oyida Oʼzbekiston Respublikasida oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

SSP Axborot-xizmati 

09.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06