27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlar bilan  “Mijozbay” tizimidagi uchrashuvida tadbirkorlarning huquqiy madaniyati oshirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2021 yil 8 aprel kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2021 yil 8 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Boyovut tumani hokimi oʼrinbosari – Investitsiya va tashqi savdo boʼlimi boshligʼi M.Xamidjonov va Savdo-sanoat palatasi koshidagi TKM Boyovut tuman bulinmasi boshligi B.Suvonkulov hamda Boyovut tumani Dehqonobod QFYda joylashgan “Golden Osiyo Center So” MChJ shaklidagi xususiy korxonasining mutasaddi rahbarlari ishtirokida “Mijozbay” tizimida uchrashuv oʼtkazildi.

Mazkur uchrashuv, Sirdaryo viloyatining 2020-2021 yillar davomida amalga oshirilgan eksport-import operatsiyalar koʼrsatkichlari tahlili hamda bojxona organlari bilan vujudga kelishi mumkin boʼlgan nizolarni muqobil hal etish mavzusida boʼlib oʼtib, bugungi kunda Davlat Rahbari va Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlashda berilayotgan keng imkoniyatlarga alohida toʼxtalib oʼtildi.

Uchrashuv davomida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirilishida soddalashtirilgan tartib-tamoyillarning joriy qilinganligi va bu borada 2020-2021 yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2021 yil 8 iyuldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlari boʼyicha mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga berilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar toʼgʼrisida yigʼilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

Uchrashuv yakunida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi va kelgusidagi eksport salohiyatini koʼpaytirish boʼyicha rejalarini amalga oshirishda bojxona xodimlari tomonidan yaqindan amaliy yordam koʼrsatilishi boʼyicha kelishib olindi.

SSP Axborot-xizmati 

09.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06