27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni Ishbilarmonlar kengashining 2-yigʼlishi boʼlib oʼtdi

2021 yil 3 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasida Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni Ishbilarmonlar kengashining 2-yigʼlishi boʼlib oʼtdi.

Mazkur tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi, Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni Ishbilarmonlar kengashining hamraisi А.Ikramov,  ACWA Power kompaniyasi raisi, Saudiya Аrabistoni-Oʼzbekiston Ishbilarmonlar kengashining hamraisi M.Аbbunayn ishtirok etdi. Shu bilan birga tadbirda har ikki mamlakatning ishbilarmon doira vakillari oʼz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Ishbilarmonlar kengashini kirish soʼzi bilan Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov ochib berdi. Palata raisi oʼz nutqi davomida Oʼzbekiston va Saudiya Аrabistoni oʼrtasidagi ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalari soʼnggi 2 yil ichida nihoyatda jadal rivojlanib borayotganini taʼkidlab, bu borada Saudiya Аrabistonining Investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih javnoblarining yanvar oyida Oʼzbekistonga tashrifi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning may oyida Saudiya Аrabistoniga tashriflari ikki tomonlama aloqalarimizni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga zamin yaratib berganini qayd etib oʼtdi.

Shu bilan birga, qisqa muddat ichida ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasida manfaatli loyihalar amalga oshirilgani alohida taʼkidlandi.

Bunga misol qilib, “Uzbekistan Airways” АJ va “Flynas” aviakompaniyasi oʼrtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi natijasida 2021 yil 5 avgust kuni saudiya aviakompaniyasi tomonidan Riyoz-Toshkent aviareysini birinchi marotaba yoʼlga qoʼyish imkoni yaratilganini keltirish mumkin.

Shuningdek tadbir davomida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari tomonidan turli tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlik masalalari, transport, avtomobil yoʼllari qurish va rekonstruktsiya qilish borasidagi infratuzilmaviy loyihalar, turizm, tibbiyot sohasida hamkorlik masalalari atroflicha koʼrib chiqildi.

ACWA Power kompaniyasi raisi M.Аbbunayn oʼz nutqi davomida Oʼzbekistonda soʼngi 5 yilda amalga oshirilgan islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, Oʼzbekiston bilan hamkorlik qilish ulkan sharaf va chin maʼnoda masʼuliyat ekanligini qayd etdi.

Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan mamlakatlarning investitsion salohiyati va sohalar kesimida hamkorlik qilish boʼyicha mavjud imkoniyatlar taqdimoti oʼtkazildi.

Taqdimotlar davomida ochiq muloqotlar tashkil qilinib, qator savollarga yechim topildi, loyihalarni amalga oshirish borasida ogʼzaki kelishuvlarga erishildi.

Maʼlumot uchun: 2020 yilda savdo aylanmasi hajmi $27,4 mln.ga, eksport – $596,2 ming, import – $26,8 mln.ga teng boʼldi. 2021 yil yanvar-may oylarida savdo aylanmasi hajmi $4,5 mln.ga teng boʼldi (eksport – $1,0 mln., import – $3,5 mln.).

Saudiyalik ishbilarmonlar ishtirokida Oʼzbekistonda 38 ta qoʼshma korxona faoliyat koʼrsatmoqda. Jumladan, ulardan 14 tasi 100% Saudiya kapitali asosida faoliyat yuritadi.

SSP Axborot-xizmati 

03.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06