27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" tashabbusi doirasida Samarqand viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalar topshirildi

COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTD tomonidan kichik biznes sub'ektlariga raqobatbardosh bo'lishga yordam berish, samaradorlikni oshirish va ularning o'sishiga ko'maklashish orqali biznes ko'nikmalarini o'rgatish, maslahat yordami va texnik qurilmalari ko'rinishida texnik yordam ko'rsatishni ichiga qamrab olgan "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi ishga tushirildi.

Ushbu dastur doirasida tanlov natijasida saralab olingan tadbirkorlar uchun yakka tartibdagi biznes muammolarini hal qilish maqsadida strategik rejalashtirish, marketing, operatsion va moliyaviy menejment yo’nalishlari bo’yicha to'rt haftalik o'quv mashg’ulotlari va konsalting xizmatlari, shuningdek, O'zbekistonlik tajribali mutaxassislar tomonidan shaxsiy murabbiylik tashkil etildi.

Joriy yilning 23 avgust kuni Samarqand shahrida Samarqand viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalarning birinchi qismini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirkorlar internet-do'konni ishga tushirish; sport mahsulotlari va kiyimlarini ishlab chiqarish va tikish; zamonaviy va milliy ayollar kiyimlarini tikish; qishloq joylarida tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish; tayyor va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi biznes loyihalar uchun uskunalar olishdi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig’i, hamkor tashkilotlar vakillari hamda qurilma oluvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Qurilma oluvchilardan biri Bobur Shukurov quyidagilarni ta'kidladi:

“Bu uskuna bizga internet-do'konni ishga tushirish loyihasini amalga oshirish imkonini beradi. Loyihamizning o'ziga xos xususiyati sotuvchi va xaridor o'rtasidagi barcha munosabatlarni onlayn tartibiga o’tkazish bo'ladi. Bu sotish jarayonini soddalashtiradi, xaridorlar uchun onlayn xaridni foydali va qulay qiladi, tadbirkorlarning daromadlarini oshiradi. Bu tashabbusni amalga oshirish natijasida birinchi yilda 5 ta yangi ish o'rni yaratiladi va loyiha rivojlanib borishi bilan yangi ishchilar soni ko'payadi”.

Tadbirkorlarga beg’araz yordam sifatida umumiy qiymati 454 mln so’mga teng 96 dona tikuv va IT-qurilmalari topshirildi. Ushbu tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida Samarqand viloyatida ayollar va yoshlar uchun 46ta yangi ish o'rinlari yaratiladi va 50 nafar ayollar va yoshlarga zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun: "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish" qo'shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbusni amalga oshirish uchun qo'shimcha grant mablag'lari Yaponiya hukumati tomonidan ajratildi.

Ushbu tashabbus doirasida qishloq xo'jaligi, novvoyxona, tikuvchilik, qurilish, chiqindilarni qayta ishlash, axborot texnologiyalari va shu kabi sohalarda mamlakatimizning 5ta viloyatlaridan saralab olingan 43 nafar tadbirkorlariga (Samarqand - 12, Jizzax - 7, Namangan -9, Farg’ona - 9, Qashqadaryo - 6) qurilmalar ko'rinishidagi grant mablag'larini berish rejalashtirilgan.

SSP Axborot-xizmati 

24.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06