27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari Palata to‘g‘risidagi Qonun bilan berilgan vakolatlardan unumli foydalanib, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida keng qamrovli tashkiliy va amaliy ishlarni olib borishmoqda. Bunday say'i harakatlar samarasini yaqin kunlarda tadbirkorga ko‘rsatilgan amaliy yordam misolida ko‘rishimiz mumkin.

Xorazm viloyati Urganch shahrida 2017 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Xorazm beklari” MChJga Urganch shahar hokimining 17.11.2017 yildagi 2953q-sonli qarori bilan 28-son mahalla hududidan ko‘p qavatli mehmonxona qurilishi uchun yer maydoni ajratilgan. Korxona “Halq banki”dan imtiyozli davr bilan 120 oyga 5 mlrd. so‘m miqdorida kredit olib, qurilish ishlarini amalga oshirgan.

2018 yil dekabr' oyida deyarli qurilishi bitgan 4 qavatli mehmonxona binosi Urganch shahar hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan o‘zboshimchalik bilan tadbirkorni ogohlantirmagan holda buzib tashlangan. Buning oqibatida jamiyatga 5 138 021 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

“Xorazm beklari” MChJ qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan, sud jarayonida taraflar o‘zaro kelishuvga kelib, Urganch shahar hokimligi yetkazilgan zarar evaziga jamiyatga shahar hududidan 3,5 gektar yer maydonini ajratish majburiyatini olgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar kelishuv bitimi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan, tadbirkor ushbu masalada amaliy yordam so‘rab, turli davlat idoralariga qilgan murojaatlari ijobiy natija bermagan.

So‘ngra, tadbirkor Palataning Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasiga murojaat qilib, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘ragan.

Boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan Xorazm viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tadbirokr murojaati atroflicha o‘rganilib, Urganch shahar hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan sud qarorini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlangan va aybdor mansabdor shaxslar MJtKning 1982-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

SSP Matbuot xizmati

17.07.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06