27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 505 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida sug‘oriladigan yerlardan samarali foylanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Qarori (ID-46133) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 4-bandiga ko‘ra:

“Toshkent shahar hokimligi, Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi yetishtiruvchilarining biznes-rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.

Biznes-rejalarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yuqori hosil yetishtirish va har gektaridan 10-15 ming dollar daromad olishi belgilansin.

Bunda, quyidagilar inobatga olinsin:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni Toshkent shahar dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslariga biriktirish;

agroklasterlar tashkil etib, qishloq xo‘jaligi yetishtiruvchilar bilan f'yuchers shartnomalarni tuzish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya usulida yetishtirish”.

Bunda, ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga aralashish, ular uchun mahsulot yetishtirish usulini va daromad miqdorini belgilab berish, bozorlarni biriktirish nazarda tutilgan.

Ya'ni, loyiha bilan ushbu sohada rejali iqtisodiyotni joriy etishga harakat qilingan.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste'molchilarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga haqli.

Bundan tashqari, mazkur Qonunning 34-modasiga ko‘ra, davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan qishloq xo‘jaligi yetishtiruvchilarining biznes-rejalarini tasdiqlash, mahsulot yetishtirish usulini va daromad miqdorini belgilab berish, bozorlarni biriktirishni nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

2. Loyiha 7-bandi to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra, “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda - yer uchastkalari) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uchastkalarini taqdim etish hollari bundan mustasno”.

Bunda, tadbirkorlik sub'ektlariga yer berish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishga harakat qilingan.

Biroq, shuni e'tirof etish lozimki, yerlarni ajratish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoni va Yer kodeksi bilan to‘liq tartibga solingan.

Shu bois, loyihada bu masalalarni qayta aynan tartibga solish zaruriyati mavjud emas.

Ushbularni inobatga olgan holda, loyihadan yer ajratish bilan bog‘liq normalarni chiqarib tashlash lozim.

3. Loyihada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida Toshkent shahri uchun alohida tartibni belgilash, ortiqcha bo‘lgan qoidalarni joriy etish nazarda tutilgan.

Ammo, loyihada keltirilgan ko‘plab masalalar amaldagi qonunchilikda tartibga solingan bo‘lib, uni qayta takrorlash zarurati mavjud emas.

Bundan tashqari, loyihada yangi joriy etilayotgan ortiqcha tartib-taomillar loyiha ijrochisi tomonidan asoslantirilmagan, tahliliy ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihani ushbu tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

SSP Matbuot xizmati

16.07.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06