27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston – Pokiston biznes-forumi boʼlib oʼtdi

Ushbu tadbirga rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʼlib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov tashrif buyurishdi. 

Biznes forumda mamlakatimizning tegishli vazirlik, idora  va tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 300 dan ziyod vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tashrif va Oliy darajadagi uchrashuv hamda muzokaralar mamlakatlarimiz hamkorligida barcha tarmoqlarni qamrab oladigan yangi sahifa ochishi, koʼp qirrali Oʼzbekiston – Pokiston sherikligini rivojlantirishga kuchli turtki berishi alohida taʼkidlandi.

Oʼzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va investorlar uchun qulay muhit yaratish boʼyicha koʼrilayotgan choralar eʼtirof etildi. Soliqni tartibga solish sohasini isloh qilish, iqtisodiyot shaffofligini oshirish, yer maydonlarini ajratish tartib-taomillarini, xorijiy investorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishdagi va boshqa sohalardagi yutuqlar sanab oʼtildi.

Oxirgi yillarda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasida tovar ayirboshlash hajmi muntazam oshib bormoqda.
Misol uchun, 2021 yil yanvar-may oylarida oʼzaro tovar ayirboshlash hajmi 69,4 million dollarni (+ 158,8%) tashkil etdi, shu jumladan eksport -47,6 million dollar (+ 159,2% marta), import -24,8 million dollar (-72%).

Forum doirasida vazirlik va idoralar rahbarlarining taqdimotlari boʼlib oʼtdi. Ularda turizm, yengil sanoat, qishloq xoʼjaligi, farmatsevtika, kimyo sanoati sohalarida va boshqa yoʼnalishlarda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi.

Forum yakunlari boʼyicha investitsiya loyihalarini va savdo bitimlarini amalga oshirish boʼyicha  qator hujjatlar imzolandi.

SSP Axborot-xizmati       

15.07.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06