27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 487 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish hamda qorako‘lchilik va pillachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (ID-46879) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 1-bandi uchinchi xatboshiga ko‘ra, “Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi va Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini birlashtirish orqali Yaylovlardan foydalanuvchilar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda – Uyushma) tashkil etish” belgilangan.

Shuningdek, loyihaning boshqa normalarida ham Uyushmani tashkil etish va uning faoliyati masalalariga oid normalar belgilangan.

Ta'kidlash lozimki, uyushma, xususan “Qorako‘lchilik” hamda Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmalari nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismiga muvofiq “Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi”.

Ya'ni, ushbu masalalarni normativ-huquqiy hujjat bilan belgilab qo‘yish yuqorida keltirilgan Qonun talablariga zid keladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan Uyushma faoliyatiga oid barcha normalarni chiqarib tashlash lozim.

2. Loyiha 1-bandi to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra:

“Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi va “Qorako‘l” hududiy uyushmalari a'zolari hamda Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini va uning a'zolarining:

qorako‘lchilik klasterlarini faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”.

Bunda, qorako‘lchilik klasterlarini faqat belgilangan hududlarda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur norma esa, amaliyotda loyihada nazarda tutilgandan boshqa klasterlarni tashkil etishni cheklab qo‘yadi.

Vaholangki, klasterlar ta'sischilar tomonidan istalgan hududda tashkil etilishi mumkin.

Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 26-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qimmatli qog‘ozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagi norma amaliyotda tadbirkorlar huquqlarini cheklashi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur normani loyihadan chiqarib tashlash zarur.

3. Loyiha 1-bandi 5-7-xatboshilariga ko‘ra:

 “Belgilansinki:

Uyushma Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi va Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Qo‘mita va Uyushma faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investisiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan amalga oshiriladi”.

Mazkur Xulosa 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda mazkur normalarni loyihadan chiqarib tashlash lozim.

4. Loyiha 2-bandi beshinchi xatboshiga ko‘ra, “Qo‘mita Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi prokuratura va ichki ishlar organlari bilan birga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda kavrak yig‘ish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rib borishni ta'minlasin”, - deb belgilangan.

Bazkur bandda ko‘rsatilgan vakolatli davlat organlarining amaldagi qonunchilikda bunday vazifa va vakolatlari, uni amalga oshirish tartibi aniq belgilab berilgan bo‘lib, mazkur masalalarni ushbu loyihada qayta takrorlash zarurati mavjud emas.

Shu bois, loyihadan mazkur xatboshini chiqarib tashlash zarur.

5. Loyiha 3-bandi beshinchi xatboshiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali kavrak xom ashyosi (TIF TN kodi – 1301)ni olib chiqishda 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran olib chiqiladigan kavrak xom ashyosining har bir kilogrammi uchun 1 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi”, - deb belgilangan.

Bunda, kavrak xom ashyosini eksport qilishda yig‘im joriy etilishi nazarda tutilgan.

Biroq, mazkur yig‘imning joriy etilishi asoslari loyiha ijrochisi tomonidan asoslantirilmagan, tahliliy materiallar keltirilmagan.

Loyihaga tushuntirish xatida kavrak xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish maqsadida loyihada mazkur masalalar nazarda tutilganligi bildirilgan.

Biroq, kavrak xom ashyosini qayta ishlashni oshirish uchun yuqoridagi kabi xom ashyoni eksport qilishni cheklovchi normalarni emas, balki qayta ishlashni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi normalarni belgilash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 3-bandidan beshinchi xatboshini chiqarib tashlash lozim.

6. Loyiha 3-bandi oltinchi xatboshiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4539-son qarorida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, qo‘lda jun yigirish, gilam va kigiz to‘qish hamda qo‘y va echki terilaridan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar va tashkilotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi”, - deb belgilangan.

Bunda, yuqoridagi Qarorda keltirilgan imtiyozlarni boshqa tashkilotlarga ham berish nazarda tutilgan.

Ta'kidlash lozimki, mazkur imtiyozlar “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, xalq hunarmandchiligi va amaliy san'atning an'anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholini hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, hunarmandchilik sohasida bandlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hunarmandchilik mahsulotlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini iste'molchilarga sotish, jumladan ularni eksport qilishni rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoit va zarur infratuzilmani yaratish maqsadida taqdim etilgan.

Bunda, mavjud holatni tahlil qilmasdan, bu kabi normalarni belgilash amalda teskari natijalarni berishi, “Hunarmand” uyushmasi a'zolari berilgan imtiyozlarning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 3-bandidan oltinchi xatboshini chiqarib tashlash zarur.

7. Loyiha 10-bandiga ko‘ra, “Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qo‘mita egaligidagi yaylov yer maydonlarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlansin”, - deb belgilangan.

Bunda, Qo‘mita egaligidagi yaylov yerlarni ijaraga berish bo‘yicha yana bir normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi nazarda tutilgan.

T'akidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu Farmon 3-ilovasida esa, yaylovlarni elektron onlayn-auksion orqali, shu jumladan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini 1 so‘m miqdorida belgilagan holda ijaraga berish nazarda tutilgan.

Ko‘rinadiki, yuqoridagi bandda keltirilgan masalalar amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan bo‘lib, bu bo‘yicha alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilish zaruriyati yo‘q.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan 10-bandni chiqarib tashlash zarur.

8. Loyiha 11-bandiga ko‘ra, “Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qo‘mita hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikada pilla yetishtirish hajmlarini oshirish maqsadida paxta va g‘alla yer maydonlari atrofida tut ko‘chatlarini ekish bo‘yicha aniq taklif kiritsin”, - deb belgilangan.

Alohida ta'kidlash lozimki, ushbu masala bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishida paxta va g‘alla yer maydonlari egalarining fiklarini o‘rganish va uni inobatga olish lozim. Zero, paxta va g‘alla yer maydonlari atrofida tut ko‘chatlarini ekish ular faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatadi.

9. Loyiha 12-bandi 3-4 xatboshilariga ko‘ra:

2021–2025 yillarda pillachilik klasterlari joylashgan tumanlarda ushbu klasterlar tomonidan tutzorlarda hamda paxta va g‘alla yer maydonlari atrofida tut ko‘chatlarini ekish prognoz parametrlarini 2-ilovaga muvofiq;

2021–2025 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda paxta va g‘alla yer maydonlari va meliorativ ob'ektlar atrofida tut ko‘chatlarini ekish prognoz parametrlarini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash belgilangan.

Mazkur ilovalarni paxta va g‘alla yer maydonlari egalarining fiklarini nobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, 2-ilovada keltirilgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan kelishish lozim.

10. Loyiha 13-bandi 1-3-xatboshilariga ko‘ra:

“Quyidagilar ma'lumot uchun qabul qilinsin:

2-ilovaga muvofiq ekiladigan tut ko‘chatlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi pillachilik klasterlari mablag‘lari hisobidan ekiladi;

3-ilovaga muvofiq ekiladigan tut ko‘chatlari fermer, dehqon xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarining hamda o‘rmon xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ekiladi”.

Mazkur norma orqali tadbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha moliyaviy majburiyat yuklanmoqda.

Bu esa, ular faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu sababli, loyihada tut ko‘chatlarini ekishga davlat tomonidan subsidiya ajratilishi yoki boshqacha shaklda moliyaviy yordam berilishini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

11. Loyiha 1-bandi ikkinchi xatboshida Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasini Ipakchilik sanoatini rivojlantirish va yaylovlar samaradorligini oshirish qo‘mitasi deb nomlash belgilangan.

Ammo, loyiha 1-ilovasida ushbu Qo‘mita nomi Pillachilik, yaylov chorvachiligi va kavrakchiligini rivojlantirish qo‘mitasi deb keltirilgan.

Ko‘rinadiki, bunda o‘zaro nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Bu esa, yuridik nuqtai nazardan noto‘g‘ridir.

Shu bois, loyihada Qo‘mita nomini bir xil shaklda keltirish lozim.

 

SSP Matbuot xizmati

30.06.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06