27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 478 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (ID-46517) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1.Loyiha 1-ilovasi 1-bandiga ko‘ra, ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilmagan faoliyatning hamma sohasida mulkchilikning barcha shakl va turidagi mol-mulkni ijaraga berish tartibini belgilaydi.

Ko‘rinib turibdiki, loyiha bilan xususiy mulkni ham ijaraga berish tartibini belgilash, mulkniijaraga berish bo‘yicha yangicha tartib-taomillarni joriy etish nazarda tutilgan.

Biroq, shuni inobatga olish lozimki, mulkni ijaraga berish masalalari Fuqarolik kodeksi hamda “Ijara to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.

Mazkur loyihada nazarda tutilgan xususiy mulkni ijaraga berish tartibi amaliyotda shaxslarning Konstitusiya va qonunlarda belgilangan xususiy mulk va undan erkin foydalanish huquqlarini cheklanishiga olib keladi.

Misol uchun, loyiha 1-ilovasi 68-bandida xususiy mulk yuridik shaxs tomonidan ijaraga berilganda ijara to‘lovlari davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kam bo‘lmasligi, ijaraga berish va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish ob'ektning mulkdorlari bilan kelishilgan holda shartnomaviy munosabatlar asosida tartibga solinishi, ijara to‘lovlaridan ijaraga beruvchiga xayriya tariqasida ajratiladigan qismi mulkdor tashabbusi bilan belgilanishi, biroq xayriya summasi miqdori umumiy ijara to‘lovining o‘n besh  foizi miqdoridan oshib ketmasligi lozim, degan talablar belgilangan.

Vaholangki, Konstitusiyaning 53-moddasiga ko‘ra, Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. 54-moddasida esa, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, deb belgilangan.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 4-moddasida esa, Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin, deb belgilangan.

Xuddi shuningdek, loyiha 1-ilovasida xo‘jalik jamiyatlarining mulkini ijaraga berishda ham ortiqcha bo‘lgan talablar nazarda tutilgan.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu loyiha bilan xususiy mulkdorlarga hamda xo‘jalik jamiyatlariga tegishli mulklarni ijaraga berish tartibini belgilash maqsadga muvofiq emas.

Shu bois, loyiha 1-ilovasidan xususiy mulkdorlarga hamda xo‘jalik jamiyatlariga tegishli mulklarni ijaraga berish bilan bog‘liq barcha normalarni chiqarib tashlash lozim.

2.Loyiha 1-ilovasi 3-bandi o‘n ikkinchi xatboshiga ko‘ra, “ijaraga beriladigan mulklar to‘g‘risida ma'lumotlar barcha shaxslar, ayniqsa tadbirkorlik sub'ektlariga yetkazish barobarida qulay va oshkora usullarda targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi”, - deb belgilangan.

Biroq, bunda ijaraga beriladigan davlat mulklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tadbirkorlik sub'ektlariga yetkazish mexanizmi, muddatlari aniq belgilab berilmagan.

Bu esa, amaliyotda bunday ma'lumotlarning tadbirkorlarga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazilmasligiga olib kelishi mumkin.

Xususan, amaldagi tartibda, ya'ni Vazirlar Mahkamasining 2009 yil
8 apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 12-bandida “Davlat mulki davriy nashrlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risida majburiy tarzda e'lon qilish sharti bilan (chorakda kamida bir marta) ijaraga beriladi”, - deb belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 iyul

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 iyuldagi “Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4771-son Qarori 5-bandida bo‘sh turgan ob'ektlar ro‘yxati Markaz tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga kiritib boriladi, deb keltirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada ijaraga beriladigan davlat mulklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tadbirkorlik sub'ektlariga yetkazish mexanizmi, muddatlarini aniq belgilash lozim.

3.Loyiha 1-ilovasi 6-bandi birinchi xatboshiga ko‘ra, “Ijaraga oluvchining ijara shartnomasi muddatini Nizomning 5-bandi tartibida kelgusi yil davriga uzaytirishni rad etishi ijaraga beruvchi tomonidan ijara shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishiga asos bo‘ladi”, - deb belgilangan.

Bunda, ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda, ya'ni shartnomani uzaytirish rad etilganda ushbu shartnoma ijaraga beruvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Biroq, bunday normaning belgilanishi amaliyotda tadbirkorlik sub'ekti huquqlarining asossiz ravishda buzilishiga, unga ijaraga berilgan davlat mulkini olib qo‘yish masalasini bir yoqlama hal etib, noqonuniy tortib olinishiga olib kelishi mumkin.

Qolaversa, yuqoridagi norma amaldagi qonunchilik talablariga ham zid kelmoqda.

Xususan, Fuqarolik kodeksi 382-moddasi ikkinchi qismi talabiga ko‘ra, taraflardan biri shartnomani jiddiy ravishda buzsa, bunday shartnoma ikkinchi tarafning talabi bilan sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada ijaraga oluvchi tomonidan shartnomani kelgusi yil davrga uzaytirish rad etilganda shartnomani bekor qilish faqat sud tartibida hal etilishini belgilash maqsadga muvofiqdir.

4.Loyiha 1-ilovasi 13-bandi birinchi xatboshiga ko‘ra, “Davlat mulki ijarasi shartnomasi bir yil muddatga tuzilib, keyingi yillar uchun qo‘shimcha shartnoma (kelishuv) tuzilishi orqali ijara muddati har yiliga uzaytirish tartibida jami besh yilga, kichik tadbirkorlik sub'ektlari va xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yilga uzaytirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno”, - deb belgilangan.

Bunda, davlat mulki ijarasi shartnomasini bir yilga tuzish nazarda tutilgan.

Biroq, amaldagi tartibda, ya'ni “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 7-bandida “Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati besh yilni, kichik tadbirkorlik sub'ektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”, - deb belgilangan.

Ya'ni, bunda shartnomani bir yil muddatga tuzilishini belgilagan cheklovchi norma keltirilmagan. Bunda, ijara shartnomasini besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuzish mumkinligi nazarda tutilgan.

Ko‘rinib turibdiki, taklif etilayotgan norma amaldagi tartibni og‘irlashtirishni, davlat mulkini ijaraga berish muddatini asossiz cheklashni nazarda tutmoqda.

Shu bois, ushbu normani amaldagi tahrirda qoldirish maqsadga muvofiqdir.

5.Loyiha 1-ilovasi 7-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berishda sobiq ijaraga oluvchining ijara mulkidan foydalanishda ijara shartnomasi shartlari va  majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmagani ijaraga berishni rad etish uchun asos sifatida keltirilgan.

Biroq, ushbu normaning belgilanishi tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi.

Vaholanki, avvalgi shartnoma shartlarining bajarmaganligi hamda uning huquqiy oqibatlari auksionda qatnashish va yangi shartnomani tuzish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.

Bunday normaning belgilanishi yuridik nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Shu bois, loyiha 1-ilovasi 7-bandidan ikkinchi xatboshini chiqarib tashlash zarur.

6.Loyiha 1-ilovasi 15-bandiga ko‘ra, “KSZ hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, Hukumat qarori bilan tashkil etilgan tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijara to‘lovining eng kam stavkasi qo‘llanilgan holda KSZni boshqarish direksiyasi, tadbirkorlik sub'ekti va ijaraga beruvchi o‘rtasida uch tomonlama tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

Biroq, shuni e'tiborga olish lozimki, bunda KSZ hududidagi davlat mulkini komissiya tomonidan berilishi amaliyotida shaffoflikni ta'minlash imkonsiz bo‘lib, ko‘plab korrupsiya va suiste'mollik holatlariga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib hamda sohada korrupsiogen omillarni minimallashtirish maqsadida, KSZ hududidagi davlat mulkini ham “E-AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etilishini nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

7.Loyiha 1-ilovasi 16-bandida davlat mulkini ijaraga berish jarayoni jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuslari asosida boshlanishi mumkinligi belgilangan.

Bunda, davlat mulkidan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanishga zarurat tug‘ilgan bo‘lsa davlat mulki ijaraga berilishi rad etilishi nazarda tutilgan.

Biroq, bunda mazkur mulkning aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun zarurligini asoslash masalasi keltirilmagan.

Bu esa, o‘z navbatida, amaliyotda har qanday davlat mulkini jamoat ehtiyojlari uchun zarur degani bilan asossiz ravishda ijaraga berilishini rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, loyiha 1-ilovasida davlat mulkidan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanishga zarurat tug‘ilganligini asoslash masalasini nazarda tutish tavsiya etiladi.

8.Loyiha 1-ilovasi 50-bandiga ko‘ra, “Ijaraga olingan davlat mulkida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) mulkni qabul qilib oluvchi tomon balansda saqlovchi tomonidan ijara mulki shartnomada belgilangan muddatda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zarar qoplagungacha uni qabul qilib olishni va ijara mulkini topshirish – qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqli bo‘ladi”, - deb belgilangan.

Biroq, bunda ijara muddatining boshlanishi va o‘tishi muddatlarini to‘xtatib turish yoki to‘xtatib turmaslik masalalari ochiq qoldirilgan.

Bu esa, amaliyotda turli noaniqlik va chalkashliklarni keltirib chiqarishi, ijara muddatining o‘tib ketishi, oqibatda tadbirkorlik sub'ektlarining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.

Shu bois, loyiha 1-ilovasida mazkur masalalarni aniqlashtirish lozim.

SSP Matbuot xizmati

25.06.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06