17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Terimdan keyingi mahsulot saqlash texnologiyalarining dolzarb masalalari

Joriy yilning 17-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan BMTTD va Savdo-sanoat palatasining hamkorligidagi «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida meva-sabzavotlarni terimdan keyingi saqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi va unda fermer xo‘jaliklarining 80 nafardan ortiqroq vakillari ishtirok etdilar.

Saqlash jarayonini ishtirokchilarga amaliyotda namoyish qilish maqsadida har bir viloyatdagi seminarlar sanoat muzlatgichlari bor xo‘jaliklar xududlarida tashkil etildi. Shuningdek ishtirokchilar muzlatgichlarning tuzilishi va ishlashi, saqlanayotgan mahsulotlarning holati, sovuqxona tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishga muvaffaq bo‘ldilar.

«Havo harorati, nisbiy namlik, mahsulotni sifatini uzoq muddat saqlab qolish, mevalarning muzlatish va sovutish haroratlari, etilen turli xil meva va sabzavotlarning yaroqlilik muddatiga qanday ta’sir qilishi haqida berilgan ma’lumotlar men uchun juda muhim bo‘ldi. Sovuqxonaga mahsulotni saqlash uchun qo‘yishim bilanoq, men ijarachi va iste’molchilar oldida mahsulotning yakuniy sifati oldida javobgarman”, - deydi seminar qatnashchilaridan biri Vohidjon Buvamirzayev.

Mahsulotlarda kasalliklar va zararkunandalarni tarqalishining oldini olish choralari shu jumladan, kartoshka, gilos, limon va boshqa ekinlardagi karantin ob’ektlar haqida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari vakillari so‘zlab berishdi. Shuningdek, ular saqlash uchun qo‘yilayotgan sarhil va quritilgan meva-sabzavotlarga ishlov berish, mahsulotlarni saqlash va tashish talablari to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berishdi.

Ta’kidlash joiz-ki, 2019 yildan buyon loyiha tomonidan fermerlarga bag`ishlab 15 dan ziyod tematik seminarlar tashkil etilgan va mazkur seminar iqlim o‘zgarishiga moslashish choralari siklidagi yakuniy seminardir. O‘tgan davr ichida 1700 nafardan ziyod ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi faoliyatlariga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

SSP Matbuot xizmati

24.05.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06