17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan transport sohasida eksporterlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi

2021 yil 21 may kuni Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda “Respublikamizda mahsulotlarni eksport qilishda xalqaro transport koridorlari hamda transport sohasida eksporterlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar” mavzusida onlayn muloqot shaklida vebinar bo‘lib o‘tdi. Ushbu vebinarda 80 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirni Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Usmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda vebinar mavzusi haqida tadbirkorlarni batafsil tanishtirib o‘tdi.


Vebinarda har qanday davlat uchun tijorat yuklarini tashishda transport marshrutlari milliy iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi, xorijiy davlatlarda masalan, Boltiqbo‘yi davlatlari, BAA, Misr, O‘mon, Malayziya, Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiyotini rivojlanishida aynan transport koridorlari, tranzit imkoniyatlari salmoqli o‘rin tutganligi qayd etib o‘tildi.

O‘zbekistonning geografik jihatdan Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi davlat sifatida juda qulay hududda joylashganligi, shu bilan birga xalqaro yuklarni tashishda O‘zbekistonda mavjud sharoitlar, eksportyor korxonalarning mahsulotlarini eksport qilishda yaratilgan imkoniyatlar, tariflardan chegirmalar va qulayliklar, hamda transport sohasida yuklarni tashishda qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan erishgan kelishuvlari hamda transport sohasidagi boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha atroflicha taqdimotlar o‘tkazilib, mutaxassislarning sohaga oid ma'lumotlari tinglandi.


Tadbir davomida transport sohasidagi vazirlik va korxonalarning taqdimot va ma'ruzalari bo‘lib o‘tdi:

- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidan Transport koridorlari, logistika va tranzitni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xolmatov Bekzod,

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Azimov Xasan,

- “Uzbekistan Airways” AJdan Yuk tashuvlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Aziz vebinar mavzusiga oid ma'ruza va taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.

Uchrashuv tadbirkorlar bilan savol-javob ko‘rinishidagi muloqot tarzida olib borilib, mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan yuklarni tashish borasida bergan savollariga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar yo‘llandi.

SSP Matbuot xizmati

21.05.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06