17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 382 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bosma nashrlarni chop etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (ID-44480) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha bosma nashrlarni chop etish tartibini belgilashni nazarda tutib, uni ishlab chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi PQ-4151-son qarori bilan asoslantirilgan.

Biroq, mazkur Qarorda bunday tartibni ishlab chiqish nazarda tutilmagan. Ya'ni, loyihani ishlab chiqish huquqiy asoslantirilmagan.

Bundan tashqari, amaliyotda ushbu sohadagi faoliyat “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4640-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi “Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 401-son qarori, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining “Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2006 yil 16 martdagi 29-son buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14 aprelda 1561 raqam bilan ro‘yxatga olingan) kabi qonunchilir hujjatlari bilan tartibga solingan.

Yuqoridagi hujjatlar asosida noshirlik va matbaa faoliyatini amalga oshirishi vakolatli davlat organini xabardor qilish orqali amalga oshirilishi belgilangan. Ya'ni, mazkur faoliyatni amalga oshirish tartibi soddalashtirilgan.

Loyiha bilan yana nashrlarni chop etish tartibini belgilanishi esa, sohadagi tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga ortiqcha aralashishni hamda ular faoliyatini murakkablashtirishni nazarda tutadi.

Bu esa, hozirgi kunda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga mazmunan zid kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini qayta ko‘rib chiqish zarur.

SSP Matbuot xizmati

21.05.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06